Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2492025-07-17 17:27

Qonunchilikdagi yangiliklar

Nogironligi bo'lgan shaxslarni ish bilan ta'minlash yo'nalishida yangi imkoniyatlar joriy etilmoqda Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo'lgan shaxslarning bandligini qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori (VMQ-405) qabul qilindi. Qarorga muvofiq, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga qabul qilib, ularni ish joylariga moslashtirgan tadbirkorlik sub'ektlariga ularning xarajatlarini qoplash maqsadida 50 million so'mgacha subsidiya ajratiladi. Agar korxonada kamida 5 nafar II-guruh eshitish yoki so'zlash muammosi bo'lgan nogironligi bo'lgan shaxs bo'lsa, surdotarjimon xizmatlari uchun subsidiya ajratiladi (Bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari). 10 nafar I yoki II guruh nogironligi bo'lgan shaxs ishlayotgan korxonalarga psixolog yollash uchun subsidiya beriladi (BHMning 10 baravari). I-guruh ko'zi ojiz yoki nogironlar aravachasida harakatlanuvchi shaxslar uchun hamrohlik xizmatlari tashkil etiladi (BHMning 5 baravari). Nogironligi bo'lgan shaxsni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub'ektlariga — 500 million so'mgacha subsidiya ajratiladi. Bunda, har bir ishga qabul qilingan nogironligi bo'lgan shaxs uchun 3,4 million so'm subsidiya beriladi. Bularning barchasi aniq shartlar asosida amalga oshiriladi. Ya'ni: Tadbirkor elektron reyestr orqali nogironligi bo'lgan shaxsni ishga qabul qilgan bo'lsa; Agar nogironligi bo'lgan shaxs ushbu korxonada kamida 3 oy davomida rasman ishlagan bo'lsa; Nogironligi bo'lgan shaxsga mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 2 baravaridan kam bo'lmagan miqdorda ish haqi to'langan bo'lsa. Zafariddin Zafarov - So'x tuman “Inson” IXM nogironligi bo'lgan shaxslar bilan ishlash bosh mutaxassisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz