2332025-07-17 17:23
Qaqir mahallasini quvontirgan yangilik: zamonaviy mini-futbol maydoni foydalanishga topshirildi








Amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar natijasi nafaqat markaziy shaharlar, balki eng chekka hududlarda ham o'z samarasini bermoqda. Xususan, yoshlarga bo'lgan e'tibor, sport sohasini rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilayotgan g'amxo'rlik natijasida joylarda muhim loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Jahon bankining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” dasturi doirasida So'x tumanidagi Qaqir mahalla fuqarolar yig'ini hududida zamonaviy mini-futbol maydoni qurib topshirildi. Loyiha qiymati 710 million so'mni tashkil etdi.
Taqdimot marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tumanning mutasaddi rahbarlari, mahalliy aholi va yoshlar ishtirok etishdi. Maydon foydalanishga topshirilgandan so'ng mahalla yoshlari va 28-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari undan samarali foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Aholi mazkur yangilikni katta mamnuniyat bilan kutib oldi. Bu kabi loyihalar yoshlar o'rtasida sportni ommalashtirish, ularni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kelajak avlodni sog'lom va yuksak ma'naviyatli etib tarbiyalashda muhim omil bo'ladi.
So'x tumanida bu kabi loyihalarni amalga oshirish bundan keyin ham izchil davom ettiriladi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Tadbirkor ayollar safi ortmoqda
842025-07-19 11:32


“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
1912025-07-18 10:32

Qo‘shtepa tumani adliya bo‘limi tomonidan targ‘ibot kuni o‘tkazildi
1712025-07-18 10:26

2482025-07-17 14:32

2272025-07-17 14:20