Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tadbirkorlar muammolari tezkor va samarali hal etilmoqda

×

 2019-10-11 19:36:18    156

PDF yuklash
Chop etish


2019 yil 11 oktyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Fargʼona viloyati Qoʼshtepa tumanidagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʼrib chiqish qabulxonasi tuman hokimligi bilan hamkorlikda tadbirkorlar murojaatlari oʼrganildi.

Qoʼshtepa tumanida faoliyat koʼrsatayotgan "FRUKTI YAGODI DOLINI" MChJ shaklidagi qoʼshma korxonasi joriy yilda "KRISTAL FIYIN INDUSTRY" qoʼshma korxonasi bilan hamkorlikda qiymati 1 mln dollarlik loyiha amalga oshirilib, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini uzoq muddatli saqlashga qaratilgan zamonaviy sovutish tizimiga ega inshootlar avgust oyida foydalanishga topshirildi.

Bugungi kunda Germaniya davlati bilan eksport shartnomalari tuzilgan boʼlib, eksportni amalga oshirish uchun qoʼshimcha mablagʼ talab etiladi.

Ushbu masala yuzasidan tadbirkor X.Mamadaliev "Uzsanoat qurilishbank" Fargʼona viloyati hududiy filialiga murojaat qiladi hamda 1,5 mlrd soʼm bank krediti olish uchun tegishli tartibda hujjatlarni tayyorlab oʼz muddatida taqdim etadi. Lekin, ushbu bank muassasasi tomonidan kredit ajratilmasdan, tadbirkor murojaati qanoatlantirilmay paysalga solib kelingan.

Bunday holat tadbirkorlik faoliyatiga salbiy taʼsir oʼtkazib, shartnomada belgilangan talablarni bajarishiga jiddiy toʼsqinlik qilgan. Shu munosabat bilan korxona rahbari X.Mamadaliev yuqorida qayd etilgan masalalar yuzasidan amaliy yordam soʼrab murojaat qildi.

Qoʼshtepa tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʼyicha birinchi oʼrinbosari B.Taniqulov ushbu murojaat yuzasidan oʼz munosabatini bildirib, koʼtarilgan masalani hal etish boʼyicha zaruriy chora tadbirlar koʼrilishini maʼlum qildi.


Qoʼshtepa tumani Bosh vazir qabulxonasi axborot xizmati