Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepa tumani birinchilardan bo‘lib paxta rejasini bajardi

×

 2019-10-02 09:18:57    174

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy qilingan paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlashning zamonaviy shakli - klaster tizimi o‘zining ijobiy samarasini berishni boshladi. Ya'ni paxta yetishtiruvchi va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi subyektlar o‘rtasida yaqin hamkorlik va kooperatsiya aloqalari bosqichma-bosqich yo‘lga qo’yilib, ularning o‘z mehnatidan manfaatdorligi oshmoqda. O‘tgan yilda Rishton tumanida “Rus-Oʻzbek teks” mas'uliyati cheklangan jamiyatida innovatsion loyiha asosida paxta yetishtirishda birinchi marta klaster usuli qo‘llanilib, yuqori hosil olindi. Joriy yilda esa viloyatdagi 9 ta tumanda paxta-to‘qimachilik klasteri tashkil etilib, fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma tuzilgan.

Qo‘shtepa tumanida “Fergana Global textile” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 7 ming 240 gektar maydonda birinchi marta klaster asosida paxta yetishtirildi. Tuman paxtakorlari davlatga 19 ming 900 tonna paxta topshirib, shartnomaviy rejani uddalashdi. 165 ta fermer xo‘jaligi bilan shartnoma tuzilgan bo‘lib, ularning aksariyati paxta rejasini ortig‘i bilan bajardi. “Vahobjon Abdullajon o‘g‘li”, “Turdaliyev Madamin”, “Rustam Ravshanov yeri”, “Abdurashid zamin gavhari”, “Nasibaxon Habibaxon fayzli yeri”, “Soyibjon Abdujabbor zamini”, “Abdasxon ota”, “Rovvot zamin fayzi, “Ibrohimjon Ma'rufjon fayzi”, “Donishmand” kabi fermer xo‘jaliklarining hosildorligi 45 sentnerdan oshdi.

-Bugungi kunda boshqa sohalar kabi qishloq xo‘jaligida chuqur qayta ishlashni va sanoatni rivojlantirishga muhim e'tibor qaratilmoqda, - deydi “Fergana Global textile” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Mo‘minjon Razzoqov. - Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan paxta-to‘qimachilik klasterlarining tashkil etilishi ham agrar soha taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. Ilgari korxonamiz faqat kalava ip ishlab chiqarish bilan shug‘ullanardi. Bugun esa paxta yetishtirishdan boshlab to uni qayta ishlab, tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni qamrab olmoqdamiz. Albatta bu biz va fermer xo‘jaliklari uchun ham manfaatli bo‘lmoqda. Ish haqlari, paxta terimi pullari o‘z vaqtida berilmoqda.

Mavsumda terimchilarning moddiy manfaatdorligi oshirilgani, aniqrog‘i, terilgan bir kilo paxta uchun avval 1 000 so‘mdan, so‘ngra 1 200 so‘m to‘langani muhim rag‘bat bo‘ldi. Paxtakorlarning yuksak zafari katta shodiyona sifatida nishonlanmoqda. Tadbirlarda ilg‘or fermer xo‘jaliklari va terimchilar munosib rag‘batlantirildi. San'atkorlarning dilrabo kuy-qo‘shiqlari terimchilarga yanada kuch g‘ayrat bag‘ishladi.


 Ma'sudjon Sulaymonov, M. Qodirov (surat), O‘zA