Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani Kengashining oltmish sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

×

 2019-09-30 21:17:08    198

PDF yuklash
Chop etish


Saylovlar - demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish - irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda faol ishtirokining asosiy shaklidir.

O‘zbekistonda amalga oshirilgan izchil islohotlar natijasida demokratik talablarga va umume'tirof etilgan xalqaro standartlarga javob beradigan, fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlariga erkin saylash va saylanishga oid konstitutsiyaviy huquqiy kafolatlarini ta'minlaydigan milliy saylov tizimi yaratildi.

Saylovlarning qonun talablariga to‘la muvofiq ravishda ochiqlik va oshkoralik asosida tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta'minlaydigan saylov komissiyalarining mustaqil tizimga amal qilishi milliy saylov tizimining eng muhim xususiyati hisoblanadi.

Bo‘lajak saylovlar jamiyatni yanada erkinlashtirish va demokratlashtirish jarayonidagi batamom yangi sharoitlarda o‘tkaziladi. Boisi bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti mustahkam va barqaror rivojlanish bosqichiga ko‘tarilgan bo‘lsa, aholining turmush farovonligi va hayot darajasi ham shunga yarasha yuksalib, mamlakatimiz xalqaro maydonda o‘z munosib o‘rniga ega bo‘lmoqda. 

Barchamizga ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 20 sentyabr kungi 944-sonli qaroriga muvofiq, 2019 yil 22 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kuni deb belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani Kengashining oltmish sakkizinchi sessiyasida xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasi tarkibini tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 20 sentyabr kungi 944-sonli qarori to‘g‘risida va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.