Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepa tuman hokimining 2019 yil 25 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasida navbatdagi qabuli o‘tkazildi

×

 2019-09-26 08:33:37    169

PDF yuklash
Chop etish


2019 yil 25 sentyabr kuni Qo‘shtepa tuman hokimi I.V.Novikovning O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasida navbatdagi qabuli o‘tkazildi.

Qabulda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Farg‘ona viloyat Qo‘shtepa tumanidagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri, tuman IIB boshlig‘i, tumandagi tashkilot rahbarlari hamda tumanda tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etishdi.

Qabul jarayonida "DILSHOD SHOX FAYZ BARAKA" xususiy korxonasi rahbari D.Nabiev tomonidan tumanda xususiy bolalar bog‘chasi ochish maqsadida tumanda bo‘sh turgan bino yoki joy ajratilishi so‘rab murojaat qildi. Shuningdek, "SHAMSHODBEK UNIVERSAL STROY" MChJ rahbari L.Saydmurodov ham ishlab chiqarishni kengaytirish uchun tumanda bo‘sh turgan binolardan foydalanishni so‘radi.

I.Ortiqov polizchilik va sabzavotchilik yo‘nalishida fermer xo‘jaligini tashkil etish va yer ajratilishida amaliy yordam berilishini so‘rab murojaat qildi.

Qo‘shtepa tuman hokimi tadbirkorlarning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tuman tashkilotlari rahbarlariga qonunda belgilangan tartibda bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berib, topshiriqlar berib, bugungi kunda tadbirkorlikni rivojlantirishda barcha rahbarlar masʼul ekanligi taʼkidladi.

        Shuningdek, ushbu murojaatlarni ijrosini nazorat qilish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.