Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 131 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qo‘shtepa tuman Kengashi tomonidan “JONAJON O‘ZBEKISTONIM MANGU BO‘L OMON” shiori ostida “Mustaqillik marafoni” o'tkazildi

×

 2019-08-09 18:20:16    142

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xurmat ruxida tarbiyalash, iqtidorli sportchi yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida Agrosanoat xodimlari kasaba uyushmasi Qo‘shtepa tuman Kengashi, Davlat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi, “Vatanparvar” O‘STK, Sport bo‘limi, tuman Xalq ta’limi bo‘limlarining “JONAJON O‘ZBEKISTONIM MANGU BO‘L OMON! shiori ostida “Mustaqillik Marafoni”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflarini inobatga olib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qo‘shtepa tuman Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligini keng nishonlash maqsadida “JONAJON O‘ZBEKISTONIM MANGU BO‘L OMON” shiori ostida joriy yilning 9-avgust kuni soat 08:00da tumandagi Mustaqillik ko‘chasi bo‘ylab Qumtepa “Jar sport” kompleksidan “Yoshlar Markazigacha” bo‘lgan masofada “Mustaqillik Marafoni” o‘tkazildi. Ushbu marafonda tumandagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bollardan iborat 600 dan ziyod yoshlar ishtirok etdilar. “Mustaqillik marafoni” ko‘tarinki kayfiyatda start berilib finish chizig‘iga birinchilardan bo‘lib etib kelgan sportchi yoshlar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Yoshlar tomonidan tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirilib mana shunday sport musobaqalari ko‘plab tashkillinishi yuzasidan takliflar bildirildi.  

  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi  Qo‘shtepa tuman Kengashi mutaxassisi 

A.Sharipov

Suratga Sardorbek Orifov olgan