Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2019 yilning 17 iyul kuni Qo‘shtepa tuman hokimligi katta majlislar zalida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

×

 2019-07-17 20:46:42    135

PDF yuklash
Chop etish


2019 yilning 17 iyul kuni Qo‘shtepa tuman hokimligi katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 iyundagi “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5755-sonli Farmonini mazmun-mohiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2019 yil 5 iyul kuni o'tkazilgan birinchi yarim yillikda davlat byudjetiga tushumlar natijadorligini tahlil qilish va yangi vazifalarni belgilash masalalriga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo'yicha viloyat targ'ibot-tashviqot guruhlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Farg‘ona viloyat bo‘limi rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Senati a’zosi Sidiqova Enaxon Abduraximovna hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimligi xuzuridagi jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirok etdi. Shuningdek yig‘ilishda tumandagi 4 ta sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, xuquq targ’ibot idoralari rahbarlari, maxalla fuqarolar yig‘ini raislari jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Yig'ilishda, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 iyundagi “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5755-sonli Farmonini mazmun mohiyati hamda energiya resurslari (gaz,elektr) tariflarini optimallashtirish masalalari yuzasidan mutasaddilar tomonidan yig‘ilish qatnashchilariga batafsil tushunchalar berildi.


B.Ro'zioxunov olgan fotosuratlar