Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tuman hokimining "Nurafshon" mahalla fuqarolar yig'inida navbatdagi sayyor qabuli bo'lib o'tdi

×

 2019-07-13 08:52:38    166

PDF yuklash
Chop etish


Avvalo, sayyor qabullar natijasida uzoq vaqtdan beri aholini qiynab kelayotgan turli muammolar yuzaga chiqmoqda. Oddiy odamlar hayotiga daxldor masalalardan tortib ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik masalalargacha yechim topilmoqda. Muammolarga tik qarab, ularni hal qilishga kirishilgani mamlakatimizda taraqqiyotning yangi bosqichiga o‘tilganidan dalolat bo‘lish bilan birga, xalqning hayotga, davlatga, jamiyatga, kelajakka  ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

Ochiq muloqotlar isbotlagan haqiqatlardan yana biri shuki, qonun ustuvorligi jamiyat taraqqiyoti, fuqarolar huquq va erkinligini ta’minlashning eng birlamchi vositasidir. Inson huquqlari va erkinliklari amalda ta’minlanishi uchun qonunlar to‘la va sifatli ijro qilinishi lozim.

Bir so‘z bilan aytganda, adolat va qonuniylik – xalq va mamlakat xotirjamligining asosi. Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan asosiy maqsad jamiyatimizda tinchlik va farovonlikni mustahkamlash, odamlarni, xalqimizni hayotdan rozi qilishdan iborat. Bunday sayyor qabullar va ochiq muloqotlar har bir narsani o‘z nomi bilan aytish – haqni nohaqdan, oq va qorani ajratishda, fuqarolarning murojaatlarini qisqa muddatda sinchiklab ko‘rib chiqib, hal etishda katta imkoniyatlar yaratmoqda. Zotan, har bir murojaat o‘zaro muloqotga, muloqot esa qizg‘in muhokamaga yo‘l ochadi, bu jamiyatimizda adolat barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari, 2019-yil 12-iyul kuni “Nurafshon” mahalla fuqarolar  yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tashkilot rahbarlari qatnashdi.

Qabulda jami 11 nafar fuqarolar qatnashib,  ular tomonidan 11 ta murojaatlar bildirildi.

Qabul davomida tuman hokimi I.Novikovga fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida qonuniy hal bo‘layotganligi hamda joylarda sayyor qabullar tashkillab, o‘tkazayotganligi uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar   

Qabuldagi murojaatlar yuzasidan tuman hokimi I.Novikov o‘rinbosarlariga va tashkilot rahbarlariga tegishli chora tadbirlarni belgilab, murojaatlarni qisqa muddatlarda qonuniy xal qilish choralarini ko‘rishliklari uchun topshiriqlarni berdi.