Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepa tumanida 30 iyun “O‘zbekiston yoshlari kuni” bayrami keng nishonlandi

×

 2019-06-29 14:27:45    164

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tuman hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qo‘shtepa tuman filiali hamda tumandagi barcha ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda 30 iyun  “O‘zbekiston yoshlari kuni” bayrami 28 iyun kuni tumandagi “Yoshlar markazi” binosi oldida tantanali tarzda nishonlandi.

Ushbu o‘tkazilgan bayram tadbirini tuman hokimi I.V.Novikov kirish so‘zi bilan ochib, bayram bilan barchani tabrikladi.

Yoshlarimizni Vatanimiz kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladigan bugungi va ertangi kunimizni xal etuvchi kuchiga aylantirib borayotgani barchamizga faxr va g‘urur bag‘ishlaydi. Kelajak egalari bo‘lgan yoshlarni xar tomonlama etuk va barkamol inson bo‘lib kamol topishlari yo‘lida mamlakatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning chek chegarasi yo‘q. Ana shunday yoshlarmiz tumanimizda xam etarlicha topiladi. Shunday iqtidorli, yurtimiz ravnaqi, vatanimiz istiqboli uchun o‘z xissasini qo‘shayotgan,  maktabni a’lo baholarga tamomlagan, bizning tumanimizda xam o‘rnak qilib ko‘rsatishga arzirli yoshlarimiz soni ortib borayotgani quvonarli xoldir.

Tadbir davomida tuman hokimligi hamda yoshlar ittifoqi Qo‘shtepa tuman Kengashi  tomonidan iqtidorli, yutuqlarga erishgan yoshlarmizga sovg‘alar topshirildi.

Tantanali tadbirda tumandagi barcha tashkilotlar o‘zlarining ko‘rgazmalari hamda qo‘l mehnatlari bilan tayyorlangan mahsulotlari bilan ishtirok etdilar. Tadbir davomida milliy an’analarimizdan biri dor o‘yinlari xam tuman yoshlariga namoyish etildi. 

 

“Yoshlar- kelajagimiz” jamg‘armasi

  Qo‘shtepa tuman filiali  rahbari D.Mallaxanov