Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qo‘shtepa tuman filiali, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamda Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi tuman bo‘limi bilan birgalikda “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida o‘tkazilgan seminar

×

 2019-06-28 18:04:09    181

PDF yuklash
Chop etish


2019 yil 20 iyun kuni  “Yoshlar markazi” binosida tajribali tadbirkorlardan maxorat darslari va tajriba almashinishni  yo‘lga qo‘yish maqsadida tumanimizdagi namunali va yirik tadbirkorlar ishtirokida yoshlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish uchun “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi tuman filiali, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi tuman bo‘limi bilan xamkorlikda “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida 30 nafardan ziyod yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.


Bugungi kunda tadbirkorlarimiz ayniqsa yosh tadbirkorlar uchun Davlatimiz tomonidan  yaratib berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar kreditlar, tadbirkorlarni turli  xil  tekshiruv va nazoratlardan ozod qilishini, ishlab chiqargan maxsulotlarini  erkin eksport  va import qilishiga keng yo‘l ochib berganligini o‘zi  tadbirkorliklik va ishbilarmonlik muxitini yaxshilashga  berilgan  sharoitlardan  biridir. Xozirgi kunda  tadbirkorlikning aynan qaysi yo'nalishi bo‘yicha faoliyat olib borish qulayligi, maxsulotlarning xaridorligi, bozor munosabatlari,  raqobatdoshligi  to‘g‘risida ham ma’lumotlar keltirib o‘tildi.


Tadbirkor quyidagilarga ega bo‘lishi lozim: faoliyat sohasini professional bilish; ma’lum miqdorda marketing faoliyati, boshqaruv bilimlari ishlab chiqarish tajribasi; jalb qilinadigan resurs va pul mablag‘lari, bozordagi o‘rni va o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olish; iqtisodiy fikrlash, ishlash madaniyati, amaliy tajriba, ishlab chiqarish tashkil etish, maqsadga erishish va foyda olish uchun o‘z tavakkalchiligiga ishonib xarakat qilish; bozor imkoniyatlarini tahlil qilish va foydalanish:
Har bir tadbirkor   o‘z ishini boshlashdan avval oldiga qo'yilgan maqsadlardan biri bu daromad olishdir. Daromad –biznesni rivojlantirishning  asosiy manbayi xisoblanadi.

Seminar  davomida ishtirokchilar bilan  tadbirkorlik,  biznesga oid mavzularda savol-javoblar  o‘tkazildi. 

«Yoshlar – kelajagimiz» jamg'armasi

Qo'shtepa tuman filiali rahbari D.Mallaxanov