Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 sentyabrdagi PQ-3939-sonli qarori

×

 2018-10-20 12:50:25    197

PDF yuklash
Chop etish





 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 sentyabrdagi PQ-3939-sonli hamda viloyat hokimining 2018 yil 12 sentyabrdagi 479-sonli qarorlari to’g’risida

Hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va investistiyalar, shu jumladan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investistiyalarni jalb etish uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlar yaratish, viloyat iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotining rivojlanishiga tadbirkorlik tashabbuslarini keng jalb qilish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarining o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, bo’sh turgan ob’ektlar, er uchastkalari va boshqa infratuzilmalardan samarali va oqilona foydalanishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 sentyabrdagi PQ-3939-sonli hamda viloyat hokimining 2018 yil 12 sentyabrdagi 479-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida

QAROR QILAMAN:

1.   O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 sentyabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3939-sonli hamda viloyat hokimining 2018 yil 12 sentyabrdagi 479-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2.   O’zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan:

a) 1-ilovaga asosan (viloyat hokimi qarorining 1-ilovasi)

hududlarda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi (keyingi o’rinlarda komissiya deb yuritiladi) tarkibi;

13-ilovaga asosan (viloyat hokimi qarorining 2-ilovasi) hududlarda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha Fargona viloyat guruhi (keyingi o’rinlarda viloyat guruhi deb yuritiladi) tarkibda tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3.   Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha qaror ijrosini joylarda tashkil etish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish bo’yicha viloyat Shtabi (keyingi o’rinlarda-Shtab) ning namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilganligi;

4.   Viloyat guruhi hamda Shtabi tarkibiga kirgan mahalliy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va xodimlari asosiy ish joyi bo’yicha majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinadi hamda doimiy ravishda o’zlariga biriktirilgan hududda bo’lishi ma’lumot uchun qabul qilinsin;

Viloyat guruhi hamda Shtabi ishiga viloyat  guruhi hamda Shtabi rahbarlarining qarori bilan mahalliy davlat organlari va tashkilotlarining boshqa vakillari ham jalb etilishi mumkin;

Viloyat guruhi hamda Shtabining so’rovlari, ko’rsatmalari barcha mahalliy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va mansabdor shaxslari tomonidan so’zsiz ijro etilishi majburiy xisoblanadi;

Viloyat guruhi moliyalashtirish manbalarini (maxalliy byudjet, boshqarma va tashkilotlarning tegishli faoliyat sohalari bo’yicha byudjetdan tashqari jamg’armalari) aniklagan xolda, davlat organlari va tashkilotlari zimmasiga tegishli hududda amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli loyihalar bo’yicha loyiha xujjatlarini ishlab chiqish uchun shartnoma asosida loyiha tashkilotlarini jalb etish yuzasidan majburiyatlarni yuklash xuquqiga ega ekanligi;

Qonun xujjatlari bilan belgilangan tartibda aukstion savdolariga qo’yiladigan bo’sh turgan davlat mulki ob’ektlari va er uchastkalari tadbirkorlik sub’ektlarining aniq investistiya va ijtimoiy majburiyatlarini belgilagan holda savdoga qo’yilishi;

Tegishli hududda, shu jumladan bo’sh turgan davlat mulki ob’ektlari va er uchastkalaridan foydalangan holda amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli loyihalar O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, maxalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining veb-saytlarida va Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladi, shuningdek, televideniyada e’lon qilinishi;

Tadbirkorlik sub’ektlari tegishli hududda amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli loyihalarni tanlashda tegishli xujjatlarni keyinchalik viloyat guruhining ishchi organiga yuborish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki bevosita viloyat guruhining ishchi organiga murojaat qilishi mumkinligi;

Viloyat guruhi bo’sh turgan davlat mulki ob’ektlari va er uchastkalarining ularda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo’yicha majburiyatlarni, shu jumladan investistiya va ijtimoiy majburiyatlarni ko’rsatgan holda elektron aukstion savdolariga qo’yilishini ta’minlanishi;

Viloyat guruhi, zarur hollarda, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli xorijiy investorlarni, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari vakillarini jalb etgan xolda xorijga chiqish hamda xalkaro investistiya forumlari va konferenstiyalarda ishtirok etish orqali izlash va topish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish xuquqiga ega ekanligi;

Bo’sh turgan davlat mulki ob’ektlari yoki er uchastkalari aukstion g’olibiga bir yilgacha muddatda oldindan zaxiraga olish shartlarida (loyihaning murakkabligidan kelib chiqib, muddatini uzaytirish imkoniyati bilan) keyinchalik investistiya shartnomasida ko’rsatilgai shartlar bajarilganidan so’ng egalik va foydalanish xuquqini rasmiylashtirgan holda berilishi, investor tomonidan investistiya shartnomasida ko’rsatilgai majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, zaxiraga olish investorning xarajatlari qoplanmagan holda bekor qilinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

       Viloyat hokimining mazkur qarori bilan;

hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi xolatini, shu jumladan mu- xandislik - kommunikastiya, ishlab chiqarish va boshqa infratuzilmani o’rganish, shuningdek, ularni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy tijorat banklari mablag’larini jalb etgan holda yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritishi;

hududlarning extiyoji va salohiyatidan (resurs, tabiiy-iqlim, mexnat va boshqalar) kelib chiqib, investistiya kiritishni talab etadigan istiqbolli loyihalarni, shuningdek, bo’sh turgan davlat mulki ob’ektlari va er uchastkalarini o’rganish va aniqlash belgilanganligi;

tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qo’llab-quvvatlangan va tegishli hududda amalga oshirish taklif qilinayotgan istiqbolli loyihalarni tezkor ko’rib chiqish choralarini ko’rish, saloxiyatli investorlar bilan muzokaralar va uchrashuvlar o’tkazilishi;

tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalariii, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy tijorat banklarining kredit liniyalari xisobidan amalga oshirishda tijorat banklarining ishtirokini ta’minlashi;

bo’sh turgan davlat mulki ob’ektlari va er uchastkalarini aukstion savdolariga qo’yish bilan bog’liq masalalarning tezkorlik bilan xal etilishini ta’minlash belgilab olinganligi;

joylarda davlat organlari va tashkilotlari darajasida xal qilinmagan tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq muammoli masalalarni, shuningdek, zarur hollarda, istiqbolli tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish bo’yicha takliflarni Respublika Komissiyasiga kiritish vazifasi belgilanganligi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direkstiyalarining tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirish bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirishi;

ushbu qaror talablariga muvofiq o’tkaziladigan elektron aukstionni o’tkazishning umumiy muddati, istisno tariqasida, “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladigan barcha tartib-taomillar bilan birga 10 kundan oshmasligini ta’minlashi;

viloyat guruhi xar oyda amalga oshirilgan ishlar to’g’risida Respublika komissiyasiga axborot kiritib borilishi;

      Viloyat Shtabiga rahbarlik qilish funkstiyasi viloyat hokimligining investistiya, innovastiya, xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish, erkin iqtisodiy va kichik, sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo’yicha kotibiyati zimmasiga yuklatilganligi;

        Kuyidagilar viloyat guruhi va Shtab faoliyati samaradorligini baxolashning asosiy mezonlari etib belgilanganligi:

tegishli hududda xar ming kishiga ishlab chiqarilgan sanoat maxsulotlari va ko’rsatilgan xizmatlar xajmlarining o’sishi:

tegishli hududda, ayniqsa, yoshlar va aholining ijtimoiy ximoyaga muxtoj qatlamlari uchun yaratilgan doimiy ish o’rinlari soni;

amalga oshirilgan tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalari, shuningdek, o’zlashtirilgan investistiyalar, shu jumladan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investistiyalar xajmlarining o’sishi;

ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etilgan bo’sh turgan ob’ektlar va er uchastkalari;

erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududlarida amalga oshirilgan loyihalarni o’z vaqtida amalga oshirilishi;

      Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari A.Ortiqov Moliya boshqarmasi (Mirzaev) bilan birga mazkur  qapop  amalga oshirish bilan bog’liq tadbirlarni shu jumladan transport xarajatlarini, yashash xarajatlarini, hududiy guruhlarning xorijiy davlatlarga tashriflarini tashkil etishi, konsultantlarni jalb etish xarajatlarini, shuningdek, viloyat guruhi va Shtabi a’zolariga bir martalik mukofotlar to’lashni va boshqa tashkiliy chora-tadbirlarni moliyalashtirishni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg’armasidan viloyat maxalliy byudjetiga ajratiladigan mablag’lar xisobidan amalga oshirilishi belgilanganligi;

       Viloyat hokimi o’rinbosari M.Abduraxmonov, viloyat hokimligining ishlar boshqarmasi (Po’latov), Moliya boshqarmasi (Mirzaev) hamda shahar va tuman hokimliklari hududiy guruhlarga yuklatilgan vazifalarning o’z vaqtida va to’liq amalga oshirilishi, shu jumladan ularning joylashtirilishi va xarakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishini ta’minlanilishi;

          Viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, viloyat teleradiokompaniyasi, “Farg’ona xaqiqati” va “Ferganskaya pravda” gazetalari taxririyati, boshqarma va tashkilotlarning multimedia markazlari ushbu qarorning mazmun-mohiyati, shuningdek, hududiy guruhlar faoliyati va mavjud loyiha takliflari keng yoritilishini tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  1. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.


            Tuman hokimi v.b:                                               I.Novikov