Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yana bir muhim yo‘nalishda “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi

×

 2018-07-16 09:22:52    90

PDF yuklash
Chop etish


Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yilning 13-iyulida “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, investitsiya muhitini yaxshilash sohasida olib borilayotgan islohotlarning strategik maqsadi 2022-yilgacha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotidagi jahon mamlakatlarining birinchi yigirmataligi darajasiga mos keladigan eng qulay shart-sharoitlarni yaratish etib belgilandi.
Qaror bilan Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
O‘zbekistonning o‘rnini asoslash bo‘yicha jahon banki ekspertlari va “Biznes yuritish” jamoasi bilan muzokaralar o‘tkazish uchun ishchi guruh har yili Vashington shahriga yuboradi.
Shuningdek, tegishli davlat organlari va tashkilotlari Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda har yili fevral-mart oylarida “Biznes yuritish” hisobotini tayyorlash doirasida Jahon banki ekspertlari tomonidan yuboriladigan savolnomalarni to‘ldirib boradi.
Savdo-sanoat palatasiga amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini hamda “Biznes yuritish” hisoboti yo‘nalishlari yuzasidan qonun hujjatlari talablarining amaliyotga joriy etilishini xolisona baholash uchun har yili tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida, shu jumladan, ularning murojaatlarini qabul qilish, qayta ishlash, ko‘rib chiqish va takliflarini muhokama qilish bo‘yicha maxsus portal orqali so‘rovlar o‘tkazish vazifasi yuklandi.


O‘zA