Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to`g`risida

×

 2018-07-16 08:57:15    117

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 

f a r m o n i

Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida:

1. 2018 yilning 15 iyulidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,07 baravar oshirilsin.

2. 2018 yilning 15 iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:

ish haqi – oyiga 184 300 so‘m;

yoshga doir pensiyalar – oyiga 360 460 so‘m;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 360 460 so‘m;

zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 221 190 so‘m miqdorida belgilansin.

3. Belgilab qo‘yilsinki, ish haqi hamda pensiyalarga qo‘shilgan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2018 yilning 15 iyulidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilot hamda muassasalar bilan birgalikda pensiyalar, stipendiyalar hamda byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorini mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda o‘z vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlasin.

5. Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning oshirilishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.

Xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlar 2018 yilning 15 iyulidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF-5245-son Farmoni (6-bandi istisno qilingan holda) 2018 yilning 15 iyulidan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti                                                                  Sh.MIRZIYOYEV 


Toshkent shahri, 
2018 yil 2 iyul