Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo`shtepa tumaniga yangi rahbar tayinlandi

×

 2018-06-23 15:37:42    94

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani kengashining navbatdan tashqari 51-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig`inlari raislari, mehnat faxriylari, tuman faollari ishtirok etishdi.

Sessiyada shuningdek , viloyat hokimi Shuhrat G`aniyev qatnashdi. Kun tartibida asosiy masala bo`yicha 2009 yildan beri tumanga rahbarlik qilib kelayotgan Jumanov Baxromjon Azimovich o‘z arizasiga ko‘ra lavozmidan ozod etilib, uning o‘rniga ayni paytgacha viloyat hokimining iqtisodiyot tadbirkorlik  masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyat mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Novikov Ilyos Valeriyevich tayinlanganiligi deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

B. Jumanovning uzoq yillik faoliyati to`g`risida viloyat hokimi, deputatlar, hamda tuman faollari ijobiy fikrlar bildirib o`tishdi. Shu bilan birga yo`l qo`yilgan kamchiliklar ham tilga olinib, bu boradagi ishlarni to`g`ri yo`lga qo`yish bo`yicha yangi tayinlangan rahbar oldidagi muhim vazifalarga alohida to`xtalib o`tildi.

Eslatib o`tamiz, bundan uch kun avval tuman deputatlar kengashining 50- sessiyasi viloyat hokimligida o`tkazilgan edi.