Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Maktab formasi —tajriba-sinovdan keyingi fikr va takliflar

×

 2018-06-11 15:27:12    261

PDF yuklash
Chop etish


O‘quvchilar uchun qulay, sifatli vamilliy faxrimiz bo‘la oladigan maktab formalarini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Masalaga davlat miqyosida e’tiborqaratilayotgani, jarayonga pedagoglar, ota-onalar, psixologlar, yosh va tajribali dizaynerlar, bolalar shifokorlari hamda liboslar bo‘yicha mutaxassislar jalb etilgani bejiz emas. Zero, maktab formasi shunchaki bola maktabga kiyib boradigan kiyim emas. U o‘quvchining shaxsiga, ta’lim jarayonidagi motivatsiyasiga, “men”i va xarakteriga ham ta’sir o‘tkazadi. Qolaversa, barcha o‘quvchilarning bir xil kiyimda bo‘lishi ijtimoiy tenglikni ta’minlaydi. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi mutaxassislari qator xorijiy davlatlardagi tabiiy mato ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayoni bilan tanishib, tajriba orttirib qaytdi. Pedagoglar, ota-onalar va o‘quvchilarning fikri o‘rganilgach, malakali dizaynerlar ishtirokida 10 xil forma namunasi tayyorlandi.Liboslar3 yosh guruhiga bo‘lingan holda, ya’ni1-4, 5-8 va 9-11-sinf o‘quvchilari uchun alohida-alohida bichimda joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shu yilning mart-may oylarida maktab formasi namunalari Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 91- hamda Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi 4-maktabda tajriba-sinovdan o‘tkazildi. Jarayonda ota-onalarga maxsus so‘rovnoma tarqatilib, maktab kiyimlari(qizlar uchun kofta, yubka, nimcha va kostyum; o‘g‘il bolalar uchun ko‘ylak, shim, nimcha va kostyum kabi)ning holati (qaysi sanada yuvilgani, yuvilgandan keyin matoda kuzatilgan o‘zgarish, materialning dazmolni qay darajada olishi) qayd etib borildi.

Quyida tajriba-sinovda ishtirok etgan pedagog, ota-ona va o‘quvchilarning fikr-mulohazalarini havola etamiz.

Nodira Boboqulova, Sardoba tumanidagi 4-maktabning boshlan­g‘ich sinf o‘qituvchisi:

— Boshlang‘ich ta’limda 4 xil mato, rang va bichimga ega maktab formasi sinovdan o‘tkazildi. Jarayonda liboslarning ayrim noqulayliklari ham ko‘zga tashlandi. Masalan, 1-sinf formasi chiroyli, qulay va 100 foiz tabiiy matodan tikilgan. Dazmol qilish biroz qi­yinligini aytmasa, ko‘pchilikka ma’qul bo‘ldi. Qizlar koftasining bo‘yinbog‘i o‘ziga xos bo‘lib, bu elementni barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchi-qizlari uchun joriy etishni tavsiya qilaman.

2-sinf maktab formasi namunasi.

Shohida RaHmonova, Yakkasaroy tumanidagi 91-maktab o‘qituvchisi:

—Maktab formasining rangi juda chiroyli tanlangan. Biroq ikki-uch yuvgach, matoning sifati o‘zgarib, yuza qismida pitiqchalar hosil bo‘ldi. Bundan tashqari, qalinligi boisaprel-may oyida koftaning ustidan kiyiladigan nimchanoqulaylik tug‘dirdi. O‘g‘il bolalarning oq ko‘ylagi va qizlarning koftasi ham qalin matodan tikilgan. Fikrimcha, kofta yupqa va tabiiy matodan, issiq va sovuq kunlar uchun alohida-alohida tayyorlanishi lozim. Shaxsan men o‘quvchilarning yil davomida bir xil — qalin koftada yurishini istamasdim. Qolaversa, kiyim qulay, salomatlikka bezarar, xushbichim bo‘lishi lozim.

Zarima Sherisiddinova, Yakkasaroy tumanidagi 91-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi:

— To‘q ko‘k rangdagi 3-sinf o‘quvchilari maktab formasining bichimi ko‘pchilikka ma’qul bo‘ldi. Biroq koftaning dazmol olishi qiyinroq bo‘lib, ba’zida kostyum va nimchaning rangi oq ko‘ylak va koftaga chiqqani ko‘zga tashlandi. Lekin kost­yum o‘quvchilarimiz egnida juda yarashdi, ota-onalarga ham ma’qul keldi.

Ozoda Yo‘lchiyeva, Sardoba tumanidagi 4-maktabning boshlan­g‘ich sinf o‘qituvchisi:

— 4-sinf o‘quvchilari kiygan oq ko‘ylak, to‘q ko‘k rangli shim, sarafan, nimcha va bardo rangli bomberdan iborat forma dizayni, rangi ma’qul bo‘lsa-da, matosining sifati yaxshi bo‘lmagani bois, ayrim noqulayliklar ko‘zga tashlandi. Misol uchun, o‘quvchi-qizlarimiz kiygan sarafan tepaga ko‘tarilib ketadi. Yuvilganda materialning yuza qismida ham pitiqchalar hosil bo‘ldi. Lekin ustki qismidagi jigarrang bomber ko‘tarinki kayfiyat ulashib, shijoat bag‘ishlaydi. Uni ham qattiqroq tabiiy matodan tikish lozim. O‘tgan uch oy davomida ayrim o‘quvchilarnikitez-tez yuvilganligi bois, bo‘shashib,xushbichimligiga biroz putur yetdi.

Dilrabo Ostonova, Sardoba tumanidagi 4-maktab o‘qituvchisi:

— 5-sinf o‘quvchilari kiyimi (oq ko‘ylak, kulrang nimcha, shim va kos­tyum (o‘g‘il bolalarda) hamda oq kofta, to‘q ko‘k rangli yubka, nimcha va kostyum (qizlarda) o‘quvchi va ota-onalarga ma’qul bo‘ldi. Biroq bir necha bor yuvilgach, formaning yuza qismida pitiqchalar hosil bo‘ldi.

Umrboy Abdullayev, Sardoba tumanidagi 4-maktab o‘qituvchisi:

— Forma tarkibidagi jemper yuvilgandan so‘ng cho‘zildi. Bola ustida “bo‘shashib” turadi. Bu esa ko‘rgan insonda o‘quvchi haqida jiddiy taassurot uyg‘otmaydi.

Alimbek Qo‘shmurodov, Sardoba tumanidagi 4-maktab direktori:

— 7-sinf o‘quvchilarining maktab formasi ko‘pchilikka ma’qul bo‘ldi. Matosining sifati va bichimi ham talabga javob beradi. Qizlar uchun mo‘ljallangan yubka burmali bo‘lib, pidjagining old qismi surmalidir. Fikrimcha, ushbu forma jamlanmasidagi qizlar va o‘g‘il bolalarning pidjak, yubka va shimi rangi bir xil bo‘lsa, yanada chiroyli ko‘rinadi.

Sevinch Jumanazarova, Yakkasaroy tumanidagi 91-maktabning 8-sinf o‘quvchisi:

— Bizga oq kofta, qizil nimcha, to‘qko‘k rangli shim, yubka va bomber tavsiya etildi. Aksariyat dugonalarimga yubkaning fasoni, ustki bomberning yeng, bo‘yin va belqismidagi qizil rezinaliqismi unchalik ma’qul bo‘lmadi.

Ahmad Irisov, Sardoba tumanidagi 4-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Dinora Ahmadovaning bobosi:

— Nabiramning maktab formasi uchun tanlangan och sariq rang unchalik ma’qul bo‘lmadi. Mato tarkibida tabiiy paxta foizi juda kam. Bu issiq cho‘l hududida joylashgan Sirdaryo viloyati uchun yanada noqulay.

Nodira Qosimova, Yakkasaroy tumanidagi 91-maktab o‘quvchisi Dilshod Qosimovning onasi:

— 10-sinf o‘quvchilari formasining dizayni va bichimi ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. Ko‘ylagi va koftasi havo o‘tkazuvchan, yaxshi dazmollanadi. Ammo sinov jarayonida kichik kamchiligi — kostyum rangining oq ko‘ylak va koftaga o‘tishi ko‘zga tashlandi.

— Ayni kunda tajriba-sinov o‘tkazilgan maktablardan o‘quvchilar, sinf rahbarlari va ota-onalarning fikr-mulohazalari bildirilgan so‘rovnomalar yig‘ib olindi, — deydi Xalq ta’limi vazirligining ma’naviy-axloqiy tarbiya, bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Hikmatilla Daminov. — “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi xodimlari, dizaynerlar, libos ustalari va Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari takliflarni o‘rganmoqda. Yaqin vaqtlarda ular maktab formasini yaratish yuzasidan o‘z xulosalarini taqdim etadi va yuqoridagi maktab formalari namunalarining yaxshi jihatlario‘zlashtirilgan holda boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari uchunyosh xususiyatlari inobatga olingan holda, tanlash imkoniyatini beruvchi ko‘p variantli maktab formalari yaratiladi.

Maktab formasi — har bir o‘quvchining yuzi, milliy faxrimiz. Shu bois tajriba-sinovda faol ishtirok etgan barcha pedagog, ota-ona va o‘quvchilarga minnatdorlik bildiramiz.

 

Zebo NAMOZOVA,

“Ma’rifat” muxbiri