Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2020-11-27 20:31:22    136

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov tomonidan aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda hal etish maqsadida Istiqbol mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi sayyor qabul o’tkazildi. Qabulda 7 nafar fuqarolar ishtirok etishdi va ular tomonidan bildirilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilangan holda tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tuman hokimi 1-sektor shtabi “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlash maqsadida ularning xonadonlarida bo’ldi. Ushbu oilalarga 7 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. 

I.Novikov sektor hududida joylashgan "Qumtepa asl plast" xususiy korxonasi hamda "Sirus inter plast" mas'uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyati bilan ham tanishdi. Tadbirkorlarga faoliyatlarini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi. 

Tuman hokimi fermer xo’jaliklari rahbarlariga 2021 yil hosili uchun boshoqli don ekilgan maydonlarda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar va ekin maydonlari melorativ holatini yaxshilash maqsadida pol olish hamda sho’r yuvish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi va mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Sektor rahbari “Texmashservis” mas'uliyati cheklangan jamiyatida ham bo’lib,  jamiyat tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Qishloq xo’jaligi texnikalarini ta'mirlash ishlarini amalga oshirish uchun texnikalarni yig’ish hamda ta'mirlash ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.