Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’Z DEPUTATLARGA

×

 2020-11-26 09:27:36    128

PDF yuklash
Chop etish

Xabaringiz bor, “So’z deputatlarga” rukni ostida tuman Kengashiga saylangan deputatlarimizning faoliyatlari bilan tanishtirib borishga harakat qilmoqdamiz.

Bugun 3-Sarmazor saylov okrugidan tuman Kengashiga saylangan deputat, Qo’shtepa tumanidagi 47-umumiy o’rta ta'lim maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Dilnavoz Zufarovaning fikr mulohazalari bilan tanishamiz.

DEPUTAT ZAMON BILAN HAMQADAM YURISHI KERAK

Yurtimizda “Yangi O’zbekiston - yangi saylovlar” shiori ostida bo’lib o’tgan saylovlardan so’ng, 3-Sarmazor saylov okrugidan Xalq deputatlari Qo’shtepa tuman kengashida deputat sifatida o’z faoliyatimni boshladim. Hali oldimizda mas'uliyatli, sharafli yo’l turibdi. Ana shu yo’lga chiqishimiz uchun xalq bizga ishonch bildirdi. Bu ishonchning yukini har daqiqada his qilishimiz kerak. Deputat xalq dardi bilan yonib yashasa, uning muammolariga o’zining muammosi sifatida qarasa, albatta, bunday inson qadrli bo’ladi. Quruq va'dalar zamoni o’tib ketgan davrdamiz. Shu bois zamon bilan hamqadam yurib, mavjud muammolarga joyida yechim topsakgina bizga ishonib ovoz berib saylagan saylovchilar ishonchini oqlagan bo’lamiz.

Men bir deputat sifatida eng avvalo yurtimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil va keng ko’lamli islohotlarga qisqacha to’xtalib o’tmoqchiman. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’z rahbarligining ilk kunlaridanoq, yangi O’zbekistonning taraqqiyot yo’lini belgilab berar ekan, asosiy e'tiborni ta'lim tarbiya tizimiga qaratib kelmoqda. Avvalo, tizim majburiy mehnatdan xalos qilindi. O’qituvchi ham, o’quvchi ham o’z ishi, o’qishi bilan mashg’ul bo’ladigan bo’ldi. O’qituvchi nafaqat moddiy manfaatdor bo’lmoqda, balki uning ustoz sifatida qadri, mas'uliyati ham ortib bormoqda.

Bir pedagog sifatida shuni aytmoqchimanki, maktab jamoasi bilan birga 1 oktyabr - O’qituvchi va murabbiylar kunini ham paxta dalasida o’tkazardik. 1993-2000 yillar oralig’ida maktabni ko’p o’qituvchilar tashlab, o’zini biznesga urdilar. Chunki, maktablarda o’qituvchining oylik maoshi juda past edi. O’qituvchilar qishloq xo’jaligidan tortib, ko’chalarni tozalash ishigacha jalb qilinardi. Maktablarda kadrlar yetishmasdi.

Bugunchi? Albatta bugun vaziyat boshqacha. Ta'lim tizimida izchil va keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilyapti. O’qituvchilarga munosabat o’zgaryapti. O’qituvchining maqomini belgilash haqida o’ylay boshladik. Yangi O’zbekiston maktab ostonasidan boshlanishini angladik. Uchinchi Renessans g’oyalari bilan qurollanib, milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari intilishlarimiz ta'lim sohasining uyg’onishi bilan hamnafas kechmoqda.

Prezidentimizning ta'lim tarbiya masalasiga hayot mamot masalasi deb qarab, xalqqa maslahat solayotgani tizimdagi yechimini kutayotgan muammolar shaffoflik bilan muhokama qilinayotgani, qanday ma'lumot, qaysi kasb egasi bo’lmasin, hyech bir insonni befarq qoldirmasligi kerak. Chunki yosh avlodning kelajagi uchun qayg’urish vatan taraqqiyotiga qayg’urishdir.

Koronavirus pandemiyasi bugun dunyo bo’ylab keng tarqaldi va O’zbekistonni ham chetlab o’tmadi. Yurtimizda joriy etilgan karantin tufayli Xalq ta'limi vazirligi O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda joriy yil 30 martdan boshlab televizion darslar namoyish etdi. Bolalarimiz onlay o’qiy boshladilar.

2020 yilning 14 sentyabridan esa yurtimizda bosqichma-bosqich umumta'lim muassasalari ochildi. Xususan, Qo’shtepa tumanidagi barcha ta'lim muassasalarida pandemiya sharoitida yangi o’quv yiliga puxta tayyorgarlik ko’rildi.

Men ham bir deputat va o’qituvchi sifatida maktabimizdagi ushbu jarayonlarda eshtirok etdim. Maktab ichki devorlariga himoya niqobidan foydalanish tartibi, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish, o’zaro muloqot qoidalari va ikki metr oraliq masofani saqlash qoidalari eslatma tarzidagi yo’riqnomalar osildi.

Maktabimizda o’qituvchi va o’quvchilarning himoya niqoblaridan foydalanishi nazoratga olingan. Har bir o’quvchining yonida o’quv qurollaridan tashqari antiseptik vositalari bor. Xozirda har bir sinfxonasining ozodaligiga, sanitariya va gigiyenik talablarga rioya etilayotganligiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

O’quvchilar maktabga kirib kelayotganda sanitariya-gigiyena talablariga amal qilingan holda sinfxonalarga kirgiziladi. Ular o’zaro masofa saqlagan holda darsda qatnashmoqdalar.

O’qituvchilar o’quvchilarni sinfxona ichida joylashgan suv jo’mraklarida tez-tez qo’llarini sovunlab yuvib turishlarini nazorat qilib turadi. Qolaversa, o’quvchilarning ota-onalariga bolalarning portfeliga har kuni ikkitadan himoya niqoblarini solib yuborishlari tayinlangan.

Shuningdek, maktabda biron bir o’quvchining isitmasi ko’tarilsa, ular shu zahotiyoq maktabning nazoratchi hamshiralari tomonidan nazoratga olinadi. Dars vaqtida isitmasi ko’tarilganligi aniqlanganda o’quvchi maxsus izolyator xonasiga olib kiriladi va o’quvchining ota-onasiga xabar beriladi.

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan yo’lga qo’yilgan onlayn ta'lim tizimi pandemiya vaqtida juda o’rinli bo’ldi, ammo  ma'lum foiz o’quvchilarning qishloq sharoitlarida internet bilan ta'minlanmaganliklari bois ular darslarni ko’ngildagidek o’zlashtira olmaganliklarini ham yashira olmaymiz.

Bugungi kunda internet dunyo miqyosida tezkor,  keng ommaga mo’ljallangan xizmat turiga aylangan. Shu bois, nafaqat ta'lim sohasiga balki kundalik yangilik va voqyeliklardan tezroq xabardor bo’lish har jabhada kerak. Tumanimiz aholisi uchun sifatli va yuqori tezlikdagi baza stansiyalarini ko’paytirish, ilg’or zamonaviy axborot-kommunikatsiya xizmatlarini yo’lga qo’yish kerak.

Darhaqiqat, pandemiya davrida o’qituvchilarga oson bo’lmadi. Onlayn dars o’tishda ularga ko’plab mas'uliyatli vazifalar yuklandi.

Pandemiya davrida karantin choralarini yana ikki yil davomida qo’llanilishi aytilmoqda. Tabiiyki, bu davrda qorako’z yoshlarning kelajagi, ular sa'viyasining qay darajaga tushib qolishi mumkinligi bizni yana tashvishga soladi. Lekin maktabimizning barcha o’quvchilarini bilimga chanqoqligi va berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishga harakat qilishlari bizni quvontiradi.

Xulosa o’rnida shuni aytmoqchimanki, bugungi kun deputati hayotga boshqacha nigoh bilan qarashi, uni ziyrak kuzatishi kerak. O’zi saylangan hududda aholini o’ylantirib, qiynab kelayotgan muammolar bo’lsa, uni o’z holiga tashlab qo’ymasligi zarur. Zero, deputatni xalq saylagan, u saylovchilarning chinakam xizmatkori bo’lmog’i lozim. Shuning uchun men ham xalqning ishonchli vakili sifatida aholi muammolarini birinchi bo’lib o’rganishga va ularning yechimini ta'minlashga harakat qilib kelmoqdaman. Chunki deputat xalq bilan doimiy muloqotda bo’lib, oddiy odamlarning dardu-tashvishlari bilan yashashi kerak.

Dilnavoz Zufarova,

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati.