Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI BO’LIB O’TDI

×

 2020-11-24 14:23:38    139

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikovning tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o’tkazildi. Unda tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev, tuman hokimi o’rinbosarlari hamda tumandagi idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Qabul chog’ida tuman hokimi tomonidan fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, bank, bandlik, tadbirkorlik, elektr ta'minoti bilan bog’liq va shu kabi boshqa masalalarga oid 30 dan ziyod murojaatlar ko’rib chiqildi.

Qabul davomida barcha murojaatlar tegishli tartibda ro’yxatga olinib, yechimi oson bo’lgan murojaatlar joyida hal etildi va ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.