Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2020-11-21 11:33:08    117

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 19 noyabr kuni “Qo’shtepa tumani Paxtakor MFYda yana chiroq o’cha boshladi. Internet va telefon antennalari ham ishlamay qolyati. Elektr korxonasi rahbarlari eski davrni qo’msab qolgan ko’rinadi” sarlavhasi ostida chop etilgan maqola yuzasidan Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.

Qo’shtepa tumanidagi Paxtakor, Loyson, Garimdon, Shaxartepa, Shomirza, Dehqonobod, Yangiariq, Solijonobod, Langar, Shodlik, Qorakaltak mahalla fuqarolar yig’inlari hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi L.Ochisnaya 110 kV uzatmasi UON (yuklamani avtomatik cheklash qurilmasi) tizimiga ulangan bo’lib, uzatmada  yuklama belgilangan me'yordan ortishi bilan avtomatik tarzda sistemadan  o’chadi. Havo haroratining keskin sovushi natijasida elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyoj bir necha barobar ortib ketmokda. Iste'molchilar elektr energiyasidan isitish maqsadlarida foydalanayotganliklari tufayli uzatmalarda yuklama miqdori ortib, natijada yuklamani avtomatik cheklash qurilmasi ishlashiga va elektr ta'minotida uzilishlarga olib kelmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.