Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 185 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"YANGI O’ZBEKISTON - YANGICHA DUNYOQARASH" TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2020-11-19 20:31:13    141

PDF yuklash
Chop etish


“Yangi O’zbekiston - yangicha dunyoqarash” mavzusida mahallalar aholisi va yoshlar uchun tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar Qo’shtepa tumanida davom etmoqda. Ushbu tadbir bugun Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 33-umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib o’tdi.

Xabaringiz bor, ushbu tadbirlar tumanda yoshlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbusni hayotga samarali tatbiq etish, ushbu islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkazish maqsadida “mahallabay” tashkil etish, aholi kayfiyatini ko’tarish maqsadida o’tkazilmoqda.

Bugungi o’tkazilgan tadbirda tuman hokimi I.Novikov ham ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirda Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini xodimlari, mahalladagi aholi va yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida 33-maktabning iste'dodli o’quvchilari tomonidan ijro etilgan qo’shiqlar, raqslar va vatanimizni madh etuvchi she'rlar ishtirokchilarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.

Shuningdek tadbirda mahallada o’tkazilgan "Ibratli oila", "Eng namunali tomorqachi", "Eng kitobxon oila" tanlovlari g’oliblari va faol ko’chaboshilarga tuman hokimi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi. 

Targ’ibot tadbiri davomida bolajonlar o’rtasida sport musobaqalari bo’lib o’tdi. Tuman hokimi maktab o’quvchilarini sport sohasida erishgan yutuqlari bilan tanishar ekan, sportni rivojlantirish uchun maktabni 100 million so’mlik sport anjomlari bilan ta'minlanishini aytib o’tdi.

Shuningdek, ushbu tadbirlar tumanimizdagi Solijonobod, Qorakaltak, Qoraqushchi mahalla fuqarolar yig’inlarida ham bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirlarda Farg’ona Politexnika instituti o’qituvchilari A.Mirzayev, A.Umurzaqov, I.Raximovlar ishtirok etishib, yurtimizda bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy isloxotlarning mazmun-mohiyati to’g’risidaagi o’z ma'ruzalari bilan qatnashdilar. Shuningdek, bo’lib o’tgan tadbirlarda tuman mahalla va oilani qo’llab quvvatlash bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari B. Mo’minova, tuman bosh imom xatibi A.Axmadaliyevlar ham ishtirok etdilar.

N.Otabekov,

Ma'naviyat va marifat markazi tuman kengashi rahbari.