Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2020-11-19 20:21:02    129

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun Qumtepa mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan tuman “Dehqon bozori” MCHJda bo’lib, bozorda tashkil etilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi va bozor hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini asossiz oshirish holatlarini oldini olish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tuman hokimi 1-sektor hududidagi 33-umumta'lim maktabida Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini aholisi ishtirokida “Yangi O’zbekiston yangicha dunyo qarash” shiori ostida o’tkazilgan targ’ibot tadbirlarida ishtirok etib, Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat hamda yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan keng jamoatchilikka ma'ruza qildi.

Tuman hokimi I.Novikov tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 1 va 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablarida bo’lib kuz-qishga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. Qolaversa, 12, 13, 15, 49 va 50-umumta'lim maktablarini tabiiy gaz tarmog’iga ulash yuzasidan olib borilayotgan ish jarayoni bilan ham o’rgandi. Ta'lim muassasalarida kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish bo’yicha mas'ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari tuman hokimi tuman Maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 18-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida ham bo’lib, ushbu muassasada tabiiy gaz tarmog’iga ulash yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish bo’yicha mas'ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Qishloq xo’jaligi tashkilotlari va fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida ekin maydonlarini melorativ holatini yaxshilash maqsadida pol olish hamda sho’r yuvish bo’yicha o’tkazilgan seminarda tuman hokimi ishtirok etdi. Fermer xo’jaliklari rahbarlariga 2021 yil hosili uchun boshoqli don ekilgan maydonlarda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni tizimli tashkil etish, ekin maydonlarini melorativ holatini yaxshilash maqsadida pol olish, sho’r yuvish hamda kuzgi shudgorlash ishlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman hokimi “Texmashservis” mas'uliyati cheklangan jamiyatida ham bo’ldi.  “Texmashservis” mas'uliyati cheklangan jamiyatida  olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, qishloq xo’jaligi texnikalarini ta'mirlash ishlarini amalga oshirish uchun texnikalarni yig’ish hamda ta'mirlash ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.