Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI QO’SHTEPA TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2020-11-18 14:59:39    115

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 18 noyabrida Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishiga tuman hokimi Ilyosbek Novikov raislik qildi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’ini raislari, profilaktika inspektorlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Deputatlar 30-Garimdon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Tolibjon Xasanovni sessiya kotibligiga sayladilar.

Sessiyaning kun tartibiga:

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 20 avgust kuni bo’lib o’tgan videselektor yig’ilishida ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalasi bo’yicha belgilab berilgan vazifalar “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlari (hokim, prokuror, IIB boshlig’i, DSI boshlig’i)ning hisoboti to’g’risida.

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 16 oktyabr kuni bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining hisoboti to’g’risida.

3. Hududlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman Ichki ishlar bo’limi boshlig’i S.Abdullayevning hisoboti to’g’risida.

4. Qo’shtepa tumani hokimining 2020 yil 16 noyabr kungi Akbarov Oybek Maxmudovichni Qo’shtepa tumani hokimining o’rinbosari - tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi boshlig’i etib tayinlash to’g’risidagi

549-sonli qarorini tasdiqlash haqida.

5. Yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko’rib chiqish bo’yicha tuman komissiyasining tanlov natijalari yig’ilish bayonlarini tasdiqlash to’g’risidagi masalalar kiritildi.

Kun tartibidagi 1-masala O’zbekiston Respublikasi Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 20 avgust kuni bo’lib o’tgan videselektor yig’ilishida ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalasi bo’yicha belgilab berilgan vazifalar hamda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan dastlab 1-sektor rahbari I.Novikovning axboroti tinglandi.

Tuman hokimining axborotidan so’ng, ushbu masala yuzasidan tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Shomurodov, tuman IIB boshlig’i, 3-sektor rahbari S.Abdullayev, tuman DSI boshlig’i, 4-sektor rahbari Z.Mirzayevlar ham axborot berishdi.

Shuningdek, kun tartibidagi 2-masala O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 16 oktyabr kuni bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimi I.Novikov axborot berdi.

Kun tartibidagi 3-masala Hududlarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman Ichki ishlar bo’limi boshlig’i S.Abdullayevning hisoboti tinglandi.

Sessiya davomida kun tartibiga 4-masala tarzida kiritilgan tuman hokimining 2020 yil 16 noyabr kungi Akbarov Oybek Maxmudovichni Qo’shtepa tumani hokimining o’rinbosari - tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi boshlig’i etib tayinlash to’g’risidagi 549-sonli qarorini tasdiqlash masalasi ham ko’rib chiqildi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar ko’rib chiqilib, muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.