Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2020-11-17 16:48:41    115

PDF yuklash
Chop etish


“Yangi O’zbekiston - yangicha dunyoqarash” mavzusida mahallalar aholisi va yoshlar uchun tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar Qo’shtepa tumanida davom etmoqda. Ushbu tadbir bugun Yangido’kon mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 15-umumiy o’rta ta'lim maktabida o’tkazildi.

Targ’ibot tadbiri oldidan Prezidentimizning 5 ta tashabbuslari doirasida ko’rgazmali namoyishlar tashkil etildi. Chinakam bayramona va jo’shqinlik ruhida tashkil etilgan tadbir konsert dasturi va she'rxonlikka ulanib ketdi.

Ushbu tadbirda tuman hokimi I.Novikov ham ishtirok etdi.

Shuningdek, Farg’ona politexnika instituti tarix kafedrasi katta o’qituvchisi I.Raxmonov, Yangi do’kon mahalla fuqarolar yig’ini xodimlari, mahalla faollari bilan birgalikda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, xotin-qizlar vakillari, tadbirkorlar va nuroniylar, sportchi yoshlar ham qatnashdilar.


Tadbir davomida xonanda S.Azimov, yosh askiyachi O.Rashidov va 15-maktabning iste'dodli o’quvchilari tomonidan ijro etilgan qo’shiqlar va vatanimizni madh etuvchi she'rlar ishtirokchilarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbirda mahallaning bir guruh faollariga tuman hokimi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi. 

Targ’ibot tadbiri davomida bolajonlar o’rtasida sport musobaqalari bo’lib o’tdi va hunarmandlar, tadbirkorlar tomonidan yarmakalar tashkil etildi.

N.Otabekov,

Ma'naviyat va marifat markazi tuman kengashi rahbari.