Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

#TIBBIYOT

×

 2020-11-17 12:56:49    133

PDF yuklash
Chop etish


KASABA UYUSHMA QO’MITASINING YIG’ILISHI BO’LIB O’TDI

         Qo’shtepa tumani tibbiyot birlashmasi ma'muriyatida kasaba uyushma qo’mitasining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Ushbu yig’ilish joriy yilning 11 noyabr kuni o’tkazilgan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VIII Qurultoyini barcha boshlang’ich  guruhlarga yetkazish maqsadida o’tkazildi.

         Ushbu yig’ilishni tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo’mitasi raisi Kamoliddin Yunusov olib borib, yig’ilish ishtirokchilariga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining sakkizinchi qurultoyi ishtirokchilariga tabrigi”ni o’qib eshittirdi.

         Muhtaram Prezidentimizning tabriklari yig’ilish ishtirokchilariga ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi. Yig’ilish ishtirokchilari kasaba uyushmalari tomonidan olib borilayotgan ijobiy ishlardan mamnun bo’lib, o’z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ayniqsa, Prezidentimizning qurultoy qatnashchilariga respublikamizda 11 noyabr sanasini “Kasaba uyushmalari kuni” deb belgilashni taklif qilganliklari katta hursandchilik bilan qabul qilindi.

Yig’ilish ishtirokchilari Qurultoy delegatlarining murojaatida aytib o’tilganidek, Yangi O’zbekistonimizning asoschisi va Yo’lboshchisi muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshlagan islohotlar va millatparvar g’oyalarini amalga oshirishda kamarbasta bo’lishda, Prezident atrofida jipslashib, o’z g’ayratlari, shijoat va vatanparvarliklari bilan Yo’lbosh­chimizning yo’lini yanada charog’on etishda fidokorona mehnat qilishlarini yana bir karra ta'kidlab o’tdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.