Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"YANGI O’ZBEKISTON - YANGICHA DUNYOQARASH" TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2020-11-16 21:03:56    135

PDF yuklash
Chop etish


“Yangi O’zbekiston - yangicha dunyoqarash” mavzusida mahallalar aholisi va yoshlar uchun tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar Qo’shtepa tumanida davom etmoqda. Ushbu tadbir bugun Namuna mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 35-umumiy o’rta ta'lim maktabining majlislar zalida bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbirlar tumanda yoshlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbusni hayotga samarali tatbiq etish, ushbu islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkazish maqsadida “mahallabay” tashkil etish, aholi kayfiyatini ko’tarish maqsadida o’tkazilmoqda.

Bugungi tadbirda tuman hokimi I.Novikov ishtirok etdi.

Shuningdek, Farg’ona politexnika instituti tarix kafedrasi katta o’qituvchisi I.Raxmonov, Namuna mahalla fuqarolar yig’ini xodimlari, mahalladagi aholi va yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida xonanda K.Fozilov, yosh askiyachi O.Rashidov va 35-maktabning iste'dodli o’quvchilari tomonidan ijro etilgan qo’shiqlar va vatanimizni madh etuvchi she'rlar ishtirokchilarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbirda maktabning yosh sportchilari, kikboksing turi bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda viloyatimizda faxrli 1-2-3-o’rinni egallagan M.Rajabov, I.Olimov, M.Ibroximov, shaxmat bo’yicha viloyatda o’tkazilgan musobaqada faxrli 3-o’rinni egallagan A.Soyipov, ingliz tili bo’yicha  IELTS sertifikati olgan G.Yoqubovalarga tuman hokimi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi. 

Targ’ibot tadbiri davomida bolajonlar o’rtasida sport musobaqalari bo’lib o’tdi va hunarmandlar, tadbirkorlar tomonidan yarmakalar tashkil etildi.

Shuningdek, ushbu tadbirlar Yangiariq, Xumdon, Shomirza mahalla fuqarolar yig’inlarida ham bo’lib o’tmoqda.

N.Otabekov,

Ma'naviyat va marifat markazi tuman kengashi rahbari.