Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

#YANGI O’ZBEKISTON YANGICHA DUNYOQARASH

×

 2020-11-16 20:29:07    120

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanidagi “Xumdon” va “Shomirza” mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimiz uchun ham “Yangi O’zbekiston - yangicha dunyoqarash” g’oyasi ostida madaniy - ma'rifiy targ’ibot tadbiri tashkil qilindi.

Targ’ibot tadbirida tuman mahalla va oilani qo’llab quvvatlash bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari B.Mo’minova, FarPI katta o’qituvchisi I.Burxonov, iqtidorli va tashabbuskor yoshlar, sportchilar ishtirok etishdi. Shuningdek, mahalla fuqarolar yig’ini faollari bilan birgalikda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, xotin-qizlar vakillari, tadbirkorlar va nuroniylar ham qatnashdilar.    

Bo’lib o’tgan targ’ibot tadbirlari oldidan Prezidentimizning 5 ta tashabbuslari doirasida ko’rgazmali namoyishlar bo’lib o’tdi. Chinakam bayramona va jo’shqinlik ruhida tashkil etilgan tadbir davomida konsert dasturi, she'rxonliklar tashkil etildi. Bu esa barchani maroqli dam olishiga va raqsga chorladi. Xukumatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan “Beshta muhim tashabbus” mazmun-mohiyati va ahamiyatini, bugungi kundagi yangiliklar, o’zgarishlarni xalqimizga yetkazish, ularni kayfiyatini ko’tarish maqsadida tashkil etilgan “Yangi O’zbekiston - yangicha dunyoqarash” ma'naviy-ma'rifiy targ’ibot tadbirlari tumanimizning har bir mahallalarida o’tkaziladi.

N.Otabekov,

Ma'naviyat va marifat markazi tuman kengashi rahbari.