Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI TAHRIRDAGI "TA'LIM TO’G’RISIDA"GI QONUN ESKISIDAN NIMASI BILAN FARQ QILADI?

×

 2020-11-16 16:41:21    126

PDF yuklash
Chop etish


Ta'lim tizimidagi ijobiy o’zgarishlar, o’z navbatida, sohaning huquqiy asoslari takomillashtirilishini talab etadi. Amaldagi “Ta'lim to’g’risida”gi Qonun 1997 yilda qabul qilingan bo’lib, ta'lim sifatini ta'minlashga qo’yilayotgan bugungi talablarga javob bermaydi deya ayta olamiz. O’shbu qonunning qabul qilinganiga 22 yil to’libdi. Tabiiyki, qonun normalari bugungi shiddatli islohotlarga javob berolmay qolgani bois, davlatimiz rahbari tomonidan ushbu qonunni yangi tahrirda tayyorlash va qabul qilish lozimligi ta'kidlandi.

Prezidentimiz takliflari asosida, yangi tahrirdagi “Ta'lim to’g’risida”gi qonun loyihasi tayyorlanib, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritildi. Loyiha so’nggi ikki yarim yil ichida ta'lim sohasidagi ijobiy o’zgarishlarni qamrab olishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Unda ta'lim sohasida ko’p qo’llaniladigan “ta'lim tashkiloti”, “davlat akkreditatsiyasi”, “ta'lim kampusi”, “ikki tomonlama diplom (“Double diploma”)” kabi asosiy  tushunchalarga izoh berilmoqda.

“Ta'lim to’g’risida”gi Qonunning yangi tahririda ta'lim muassasasi xodimlari, ta'lim oluvchilar va ota-onalarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, ta'lim jarayoni qatnashchilarining ijtimoiy himoyasi, ta'lim jarayonida mehnat qilayotgan minglab mutaxassislarning, millionlab ota-onalarning huquqiy maqomiga, ularning ijtimoiy muhofazasiga doir jihatlarga, ayni vaqtda majburiyatlariga oydinlik kiritilmoqda.

Shu bilan birgalikda, qonun bilan ta'limning nodavlat shaklini rivojlantirishga, jamiyatimizda intelektual mulk salohiyatidan samarali foydalanish, ilm-ma'rifatga doir ish joylari kengayishiga imkoniyat berilmoqda.

E'tiborli jixati shuki, yangi tahrirdagi qonun ko’plab hamyurtlarimizning oliy ta'lim, xorijda olingan ta'lim bo’yicha diplomlarni tan olish, ta'lim oluvchilar uchun vaqtincha yashash joylarini kafolatlash, masofaviy ta'lim, oilaviy ta'lim, inklyuziv ta'lim singari o’z savollariga yechim topishga qiynalayotgan masalalarga huquqiy oydinlik kiritilgani bilan ahamiyatli.

1997 yilda qabul qilingan “Ta'lim to’g’risida”gi Qonundan farqli o’laroq yangi tahrirdagi qonunda 11 yillik umumiy o’rta ta'limning joriy etilishi, kasb-hunar kollejlarining isloh qilinishi natijasida uzluksiz ta'lim turlaridagi o’zgarishlar, oiladagi ta'lim va mustaqil ravishda ta'lim olish, ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish bilan bir qatorda, ta'lim oluvchilar va ota-onalarning (qonuniy vakillarning) huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini belgilashga oid normalar kiritilgan.

Yana bir e'tibor qaratish zarur bo’lgan jixati, qonun bilan ta'lim tashkilotlarining huquqiy maqomi, ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatishga oid yangi normalar bilan to’ldirilgan.

Yangi tahrirdagi “Ta'lim to’g’risida”gi Qonunda ta'lim olishning quyidagi shakllari belgilandi:

·      ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta'lim olish (kunduzgi);

·      katta yoshdagilarni o’qitish va ularga ta'lim berish;

·      mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash;

·      eksternat tartibida ta'lim olish.

·      Umumiy o’rta va o’rta maxsus ta'lim tashkilotlarining sinflarida ta'lim oluvchilar soni 35 nafardan oshmasligi belgilanmoqda;

·      Bakalavriat yo’nalishida ta'lim olish davomiyligi kamida 3 yil, magistraturada esa kamida 1 yil etib belgilanmoqda;

·      Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta'lim sifati va darajasiga, shuningdek pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo’lgan davlat talablariga rioya etilishiga doir vakolatlari bekor qilinmoqda;

·      Ta'lim tashkilotlarida siyosiy partiyalarning tashkiliy tuzilmalarini tashkil etish taqiqlanmoqda.

Ziyodbek Halimjonov,

Qo’shtepa tuman adliya bo’limi yetakchi

maslahatchisi .