Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2020-11-14 18:42:26    134

PDF yuklash
Chop etish


Yangi O’zbekiston - yangicha dunyoqarash” mavzusida mahallalar aholisi va yoshlar uchun tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar Qo’shtepa tumanida davom etmoqda. Ushbu tadbir bugun Qizilariq mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 1-umumiy o’rta ta'lim maktabida, Istiqlol mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 17-umumiy o’rta ta'lim maktabida, Eshonguzar  mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 49-umumiy o’rta ta'lim maktabida hamda Dexqonobod mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 45-umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbirlarda tuman hokimi I.Novikov, tuman prkurori M.Shomurodov, tuman IIB boshlig’i S.Abdullayev, tuman DSI boshlig’i Z.Mirzayevlar ishtirok etdilar.

Shuningdek, tuman hokimi o’rinbosarlari A.Yusupov, tuman mahalla va oilani qo’llab quvvatlash bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari B.Mo’minova, Madaniyat bo’limi mudiri A.Yuldashev, Farg’ona politexnika instituti tarix kafedrasi katta o’qituvchisi G’.Abduraxmonov, professor o’qituvchilardan A.Mirzayev, I.Raxmonov, Q.Ergashev, taniqli etrada xonandasi Shoxruxmirzolar ishtirok etdilar.

Ushbu tadbirlar tumanda yoshlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbusni hayotga samarali tatbiq etish, ushbu islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkazish maqsadida “mahallabay” tashkil etish, aholi kayfiyatini ko’tarish maqsadida o’tkazilmoqda. Tadbirlarda esa mahallalardagi aholi va yoshlar ishtirok etmoqdalar.

Bugungi tadbirlar davomida 15-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari namoyish etildi. Xonandalar Sh.Mavlyanov, M.Qosimov, Sh.Tojiboyev, S.Azimov, R.Uzaqov, K.Fozilov, D.Saidmurodov, I.Madraximov, G.Yusupova, “Tarona” hamda “Zarb” doirachilar to’garagi a'zolari, yosh askiyachi O.Rashidov hamda 15-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi va 1, 17, 49,45-maktablarining iste'dodli o’quvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar, raqs va she'rlar ishtirokchilarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.

Bundan tashqari, 5 tashabbus doirasida tashkil etilgan musiqa, sport  to’garagi a'zolarining chiqishlari ham ishtirokchilarga birdek manzur bo’ldi. Targ’ibot tadbiri davomida hunarmandlar, tadbirkorlar tomonidan yarmakalar tashkil etildi.

N.Otabekov,

Ma'naviyat va marifat markazi tuman kengashi rahbari.