Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“TIL MADANIYATI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

×

 2020-11-13 17:54:24    149

PDF yuklash
Chop etish


Bugun xalq ta'limi bo’limi tasarrufidagi 11-umumta'lim maktabida viloyat hokimining davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish masalalari bo’yicha maslahatchisi S.Tongotarova ishtirokida “Til madaniyati” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Ushbu tadbirda tumandagi umumta'lim maktablarining ona tili va adabiyoti o’qituvchilari, tashqi reklama faoliyati bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlari qatnashdilar.

Shuningdek, davra suhbatida Qo’shtepa tumani “Mo’yi Muborak” jom'ye masjidi imom xatibi T.Erbo’tayev ham qatnashib, o’zbek tilini tarixiy manbalardagi mavqyei, ona tilini muqaddas Islom dinimizda belgilangan ahkomlari yuzasidan ma'ruza qildi.

Tadbirda Farg’ona shahar hoimining davlat tili  masalalari bo’iycha maslahatchisi F.Mamajonov bugungi kunda  tashqi reklama bozoridagi tartibsizliklar, yozuvlardagi xatoliklar yuzasidan gapirib o’tdi. Umumta'lim maktablarning ona tili fani o’qituvchilari I.Rizayeva, M.Amirchayeva, hamda N.Bakirjonovlar davra suhbatida faol ishtirok etib, til sohasida qilinishi kerak bo’lgan va oldimizda turgan vazifalarga alohida to’xtalib o’tdilar. Tadbir so’ngida ishtirokchilar o’sib kelayotgan o’g’il-qizlarimizga  o’z ona tili bilan fahrlanish tuyg’usini singdirish, tilni buzmasdan sof so’zlay olish va o’zbek tilini mukammal o’rgatish maktablarning ona tili fani o’qituvchilarining  birinchi navbatdagi vazifasi ekanligini yana bir bor his etdilar.

O’tkazilgan davra suhbati bahs-munozaralarga boy bo’ldi.

U.Xolmatov,

tuman hokimining maslahatchisi.