Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2020-11-12 20:22:36    133

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov “Dehqon bozori” MCHJda bo’lib, bozorda tashkil etilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi va bozor hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini asossiz oshirish holatlarini oldini olish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari tuman hokimi 2021 yilda “Investitsiya” dasturiga asosan mukammal ta'mirlash rejalashtirilgan tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 30-umumta'lim maktabida bo’lib kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni bilan ham tanishdi.

Shuningdek, Shomirza mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilayotgan “Kichik sanoat zonasi”da amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi. Bu yerda foliyat yuritish istagini bildirgan tadbirkorlik sub'yektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

I.Novikov Qorakaltak mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan “Isaqov O’lmasboy asil mahsulotlari” xususiy korxonasi tomonidan tashkil etilgan issiqxonada bo’lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi. 

Bugun tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Qo’shtepa tuman Kengashining oltinchi chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyani tuman hokimi I.Novikov olib bordi. Sessiya kun tartibida to’rt ta masala ko’rildi va muhokama qilindi. Muhokama qilingan ushbu masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Tuman hokimi 2021 yil hosili uchun boshoqli don ekilgan maydonlarda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishib, kuzgi shudgorlash ishlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan o’zining tegishli topshiriqlarini berdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.