Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KICHIK SANOAT ZONALARI FAOLIYATI YO’LGA QO’YILMOQDA

×

 2020-11-11 20:10:33    144

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida iqtisodiyot tarmoqlari hamda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga muhim e'tibor qaratilmoqda.

Haqiqatan ham bugungi sharoitda tadbirkorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, samarali faoliyat yuritishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berish har doimgidan juda muhim.

Qo’shtepa tumanida bo’sh turgan ishlab chiqarish maydonlari negizida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarida istiqbolli tadbirkorlik loyihalarini joylashtirish hisobiga yangi ish o’rinlarini yaratish, import o’rnini bosadigan va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e'tibor qaratilyapti.

Bugun viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari M.Ubaydullayev Qo’shtepa tumanida bo’lib, bu borada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shomirza mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan M.Ubaydullayev ushbu loyihalar bo’yicha o’zining takliflarini berdi.

Shuningdek, Yo’ldoshobod mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi kichik sanoat zonasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning ishlari bilan ham yaqindan tanishdi. 

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.