Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA "YANGI O’ZBEKISTON - YANGICHA DUNYOQARASH" TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2020-11-11 17:09:41    130

PDF yuklash
Chop etish


“Yangi O’zbekiston - yangicha dunyoqarash” mavzusida mahallalar aholisi va yoshlar uchun tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar Qo’shtepa tumanida davom etmoqda. Ushbu tadbir bugun Qumtepa mahalla fuqarolar yig’inidagi 2 IDUMda bo’lib o’tdi.

Tadbir ishtirokchilari binoning kirish qismida tashkil etilgan musiqiy chiqishlar va 18 MTT tarbiyalanuvchilarining san'at namunalaridan bahramand bo’lishdi. Ushbu tashkil etilgan tadbirda sport musobaqasi ham o’tkazildi. Sport tadbirlarida qatnashib g’olib bo’lgan 5 nafar ishtirokchi faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Bugunning o’zida ushbu tadbir Fayz, Garmdon va Kattabeshkapa mahalla fuqarolar yig’ini hududida ham bo’lib o’tdi. Tumanimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, uning har bir kishi hayoti, farzandlari kelajagiga ta'sirini tushuntirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda “Yangi O’zbekiston - yangicha dunyoqarash” g’oyasi ila sug’orilgan she'rlar kuy va qo’shiqlar ijro etildi.

Bo’lib o’tgan tadbirlarda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi, tuman mahalla va oilani qo’llab quvvatlash bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari B.Mo’minova, Farg’ona politexnika instituti o’qituvchilari A.Mirzayev, M.Erkaboyev va boshqa bir qancha o’qituvchi va professorlar ishtirok etdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.