Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZLIKNI ANGLASH BU OSONGINA KECHADIGAN VOQYELIK EMAS

×

 2020-11-11 11:11:03    121

PDF yuklash
Chop etish


Bugun ona tilimizni ommaviy ravishda va keng miqyosda, o’zbek davlatchiligining har sohasida tafakkur ifodalarimizning omili sifatida qo’llashimiz u qadar ko’ngildagidek bo’lmagani va bunda har birimizning tegishlicha aybimiz borligini his etamiz. Negaki, 1989 yilda «Davlat tili haqida» qabul qilingan Qonunga qariyb

30 yildan ortiq vaqt bo’ldi. Qonun hyech bir sohada o’zining to’la-to’kis ifodasini topmadi.

Shu bois, yanada kuchli huquqiy asos beruvchi bir hujjatga, davlat tili amal qilishini tartibga soluvchi tashkilot faoliyatini yo’lga qo’yishga ehtiyoj sezildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqyeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850-son Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, mamlakatda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish hamda davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga so’zsiz rioya etilishiga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 yanvardagi 34-sonli qarori qabul kilindi.

Yurtimizda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Davlat tili to’g’risidagi qonunga ko’ra, barcha davlat idoralari va tashkilotlarda davlat tilida ish yuritish majburiy; barcha davlat hujjatlari, avvalo, davlat tilida e'lon qilinishi shart. Demak, davlat sektorida ishlaydigan har bir shaxs davlat tilini bilishga majbur. Hozirgi kunda, hukumatimiz tomonidan davlat tilini bilish darajasini belgilovchi tizim yaratilmoqda. Buning yaqqol misoli sifatida, hududlarda faoliyat ko’rsatayotgan davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish va malaka oshirish markazlarining faoliyatida ko’rishimiz mumkin.

Bugun davr o’zgaryapti. Xalq fikri eng asosiy mezon sifatida qaralayotgani, barcha muhim ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy qarorlar yurtdoshlarimiz bilan bamaslahat qabul qilinayotgani fuqarolarda ijtimoiy faollik hissini kuchaytirmoqda. Turli dolzarb masalalar qatori, davralarda davlat tili, milliy g’urur, oriyat, tarix va qadriyatlar haqidagi qizg’in musohabalarga guvoh bo’lyapmiz.

Aslida, dunyo ayvonida juda ko’p kishilarda qiziqish uyg’otib, katta minbarlarda yangrab borayotgan ona tilimizning go’zalligini o’zimiz namoyon etmasak, boshqa hyech kim yordamga kelmaydi. Boshqa millatlar biz ularning so’zlaridan qancha ko’p foydalansak, shuncha mamnun bo’ladi. Chunki o’z so’zini tinglagan kishining qalbida milliy g’ururi uyg’onishiga sababchi bo’lamiz. Ehtimol, bu odatlarimiz o’ta mehmondo’stligimiz va ko’ngilchanligimizdandir. To’g’ri, bu odatlar juda ham yaxshi. Biroq tilimizda bor atamalarni topib ishlatsak, aholi uni talaffuz qilishda ham, yozishda ham qiynalmaydi.

Davlat tilimizga bo’lgan bee'tiborlik, davlat tilining amalga joriy qilinishi jarayonini sustlashtiradi, muddatini uzaytiradi, oxir oqibatda milliy davlatchilik xususiyatiga putur yetadi, tilimizdagi so’zlar yanada yo’qotishlarga yuz tutadi.

Olib borilayotgan o’rganishlar shuni ko’rsatmoqdaki,  o’zbek tilini o’zidan eng uzoq tutayotgan qatlam o’qituvchilar, olimlar yoki boshqalar emas, aynan davlat muassasalari bo’lmoqda. Buni bilish uchun juda katta tadqiqot kerak emas, ko’plab idoralarda oddiy hujjatlardan tortib, qonun-qoidalargacha hanuz rus tilida tuzilayotgani so’zimizga yorqin dalil bo’la oladi.

Albatta, Davlat tilini to’laqonli davlat tili darajasiga ko’tarish bu faqatgina soha mutasaddilarining ijro qilishi lozim bo’lgan masala emas, balki barcha O’zbekiston xalqining - fuqarolarining umum vazifasi ekanligini har birimiz yoddan chiqarmasligimiz va bu ishga kamarbasta bo’lishimiz lozim.

U.Xolmatov,

Qo’shtepa tuman hokimining maslahatchisi.