Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2020-11-09 20:01:51    110

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun 1-sektor shtabi “Temir daftari”ga kiritilgan oilalarni ehtiyojmand oilalar ro’yxatidan chiqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi. “Temir daftar”da qolgan ehtiyojmand oilalar tomonidan bildirilgan takliflarga asosan imtiyozli bank kreditlari hamda subsidiyalar ajratish ishlarini tashkil etish, shuningdek, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga ro’yxatga olish yuzasidan sektor hududida olib borilayotgan xatlov jarayonlarini belgilangan muddatda yakunlash yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tuman hokimi tuman 25-umumta'lim maktabida bo’lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi. Ta'lim muassasida kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish bo’yicha mas'ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Qolaversa, tuman hokimi tomonidan 1-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo’yicha olib borilayotgan ishlar ham o’rganildi. Tashkilotda kuz va bahor mavsumi uchun belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman hokimi “Davri Tursun” chorvachilik fermer xo’jaligida bo’lib, fermer xo’jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, xo’jalik rahbariga yangi loyihalar ishlab chiqish, buning hisobiga yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.   

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.