Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarga MUNOSABAT

×

 2020-11-09 14:17:53    120

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 7 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Egizak javoblardan charchadik...” sarlavhasi ostida xabar tarqatildi.

Ushbu xabarda: - “Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani Balandmasjid MFY Navro’z ko’chasidan yozyapmiz. Mas'ul idoralarning qo’sha-qo’sha egizak javoblaridan charchadik. Piyodalar va haydovchilar uchun yo’l masalasini hal etib berishsin” - deya shikoyat qilingan.

Ismi-sharifi ko’rsatilmay Qo’shtepa tumani, Balandmasjid mahalla fuqarolar yig’ini, Navro’z ko’chasidan yo’llangan ushbu murojaat tuman hokimligi va shu sohaga daxldor mutaxassislar tomonidan, joyiga borgan holda o’rganib chiqildi.

Ushbu murojaatni ijobiy xal etish maqsadida, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan boshqarma tasarrufidagi “Balandmasjid” qabristonida devorlarni ta'mirlash va oqlash ishlari amalga oshirildi. Murojaatda ko’rsatib o’tilgan Navro’z ko’chasida ham obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ushbu yo’l transport hamda fuqarolarning harakatlanishi uchun yetarli xolatga keltirilib, eng qisqa qatnov qismi 8 metr kenglikda kengaytirildi.

Yo’l ostiga tashlangan suv o’tkazish quvuri to’lib qolganligi hamda quvurning uzunligi yo’lning eniga mos kelmaganligi sababli, quvur boshqarma ishchilari yordamida qazib olinib, yo’lga mos quvur o’rnatildi. Bundan tashqari 9 ta yuk mashinalarida shag’al olib kelinib, yo’lga avtogreyder yordamida yoyildi. Ushbu ishlarni bajarish uchun jami 1,6 mln so’m mablag’ sarflandi.

Tuman hokimining 2019 yil 3 dekabr kunigi 164-F-sonli farmoyishi bilan tuman mahalliy byudjetidan yoqilg’i moylash mahsulotlariga ajratilgan mablag’lar hisobidan Navro’z ko’chasiga 4 mashina shag’al olib kelib, avtogreyder yordamida tekislab asfalt yotqizishga tayyorlab berilgan.

Shuningdek, Balandmasjid mahalla fuqarolar yig’ini Navro’z ko’chasini asfaltlashtirish ishlari tegishli dasturlar asosida, 2021 yil II-choragida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi murojaatchiga tushuntirildi.

Murojaatchi tomonidan qatnov yo’li kengaytirilishi uchun so’ralayotgan qabriston yer maydoni tuman hokimining 2011 yil 11 may kungi №160-sonli qaroriga asosan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli ekanligi, amalda 30098 kv.m yer maydonidan foydalanib kelinayotganligi ma'lum bo’ldi.

Agarda mahalliy yo’lning kengligidan  qoniqmagan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi Yer Kodeksning “30-moddasida O’zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut)

O’zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) - qo’shni bo’lgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.

Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:

o’zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o’tish;

o’zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o’tkazish;

o’zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o’tkazish va ulardan foydalanish;

o’zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sug’orish uchun suv olish;

mollarni o’zganing yer uchastkasi orqali haydab o’tish;

o’zganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;

o’zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa ob'yektlar barpo etish.

Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.

Servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan o’zga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori o’rtasidagi kelishuvga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qaroriga binoan belgilanadi.

Servitut to’g’risidagi kelishuv davlat ro’yxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga o’tgan vaqtda saqlanib qoladi. Servitut to’g’risidagi kelishuv uni belgilashga sabab bo’lgan asoslar barham topsa, bekor qilinishi mumkin.” - deb belgilanganligini inobatga olib, murojaatchini ushbu masala yuzasidan sudga murojaat qilishi mumkinligini ma'lum qilamiz.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.