Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TIBBIYOT XODIMLARIGA EHTIROM

×

 2020-11-09 11:06:55    135

PDF yuklash
Chop etish


Jonajon Vatanimiz dunyo hamjamiyatida o’z obro’-e'tiboriga ega bo’lib, qalbimizga farovon hayot zavqi olam-olam quvonch baxsh etayotgan shu qutlug’ kunlarda, yana bir ulug’ ayyom - "Tibbiyot xodimlari kuni” keng nishonlandi. Ushbu ayyom Qo’shtepa  tumanida ham soha xodimlari ishtirokida ko’tarinki ruhda nishonlandi.

Shuni alohida faxr va iftixor bilan e'tirof etib o’tishimiz joiz-ki, koronavirusni bartaraf etishda aziz hayotlarini xavf ostiga qo’yib, ko’ksini baloga qalqon qilgan insonlar ham shifokorlar bo’lishdi. Albatta, tibbiyot xodimlarining bunday yuksak maqomga ega bo’lishi va erishayotgan qator yutuqlarimiz zamirida soxa xodimlarining zahmatli mehnati, cheksiz matonati, ilmiy izlanishlari bilan birga albatta tibbiyot sohasini keng ko’lamda isloh qilish borasidagi Yurtboshimiz tomonidan qaratilayotgan yuksak e'tibori - kuyunchaklik va jonbozlik ila qabul qilinayotgan qator oqilona qarorlar mujassamligi barchamizga birdek ma'lum.

Bugun O’zbekiston XDP tuman kengashining raisi Sh.Sharopov va shu partiyadan saylangan deputatlar tuman tibbiyot birlashmasida bo’lib, soha xodimlarini yana bir bora kasb bayramlari bilan tabrikladilar. Tadbirda O’zbekiston Oliy majlis senati a'zosi I. Sultonov va O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi E. Abduxamidovlar ham ishtirok etdilar.

Tadbir davomida bir guruh soha xodimlari O’zXDP tuman kengashining maqtov yorlig’i va  va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.