Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2020-11-07 20:59:17    111

PDF yuklash
Chop etish


 “Farg’ona haqiqati” gazetasining 2020 yil 4 noyabr, chorshanba kungi № 86-sonida Dilshoda Ergashevaning “Poklik iymonning yarmidir” nomli tanqidiy maqolasi chop etilgan edi.

Ushbu maqolada Qo’shtepa tumani xalq ta'limi bo’limi tasarrufidagi 10,46-umumta'lim maktablari hojatxonalari ta'mirtalab ekanligi haqida tanqidiy fikir bildirilgan edi. Maqoladagi xolatni o’rganish uchun tuman xalq ta'limi bo’limi tomonidan ishchi guruhi tuzildi va mavjud kamchiliklar o’rnida bartaraf etildi.

10-umumiy o’rta ta'lim maktabi hojatxonasining eshiklari ta'mirlanib, devorlari suvoqlandi. O’quvchilarning qo’l yuvishlari uchun sharoitlar yaratildi. 

  46-umumiy o’rta ta'lim maktabining hojatxonasi ham chiqindilardan tozalanib, devorlari suvoqlandi. Hojatxona yonidagi qo’l yuvgichlarga yangi jo’mraklar o’rnatildi.

           Yuqoridagi kamchiliklar yuzasidan tumandagi barcha ta'lim muassasalar rahbarlari, xo’jalik ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari ishtirokida  ZOOM orqli yig’ilish o’tkazilib, yig’ilishda kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi va tegishli chora-tadbir rejasi belgilab olindi.

Yig’ilish yakuni bo’yicha tumandagi 10-46 umumta'lim maktablarida aniqlangan kamchiliklarga yo’l qo’yganliklari va o’z vaqtida bartaraf etmaganliklari uchun maktabning xo’jalik ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari T.Teshaboyev hamda  B.Kamolovlarga nisbatan bo’limning 4.10.2020 yil kungi 12-IJ sonli buyrug’i bilan xayfsan berildi.

  Ushbu tanqiddan to’g’ri xulosa chiqarilib, tumandagi qolgan umumta'lim maktablarida ham bunday kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik yuzasidan takliflar va topshiriqlar berildi.

O.Deqhonov,

tuman xalq ta'limi bo’limi mudiri.