Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA «SOG’LOM HAYOT SARI 5000 QADAM» TADBIRI TASHKIL ETILDI

×

 2020-11-07 19:38:23    136

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanida aholini ommaviy sportga keng jalb qilish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, pandemiya davrida jamiyatda sog’lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa keksalar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga jalb etish, ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyatini targ’ib etish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun tumanimizda “Sog’lom hayot sari 500 qadam” shiori ostida, karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan holda yurish marafoni tashkil etildi. Tongi badan tarbiya mashqlari bilan boshlangan ushbu marafonda 1000 nafarga yaqin aholi va yigit qizlar ishtirok etdilar.

 Tadbir so’ngida tuman hokimining ijtimoiy masalalar bo’yicha o’rinbosari A.Yusupov ishtirokchilarga tuman hokimligining minnatdorchiligini bildirib, muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ijrosini ta'minlash, aholining  turli qatlamlari, ayniqsa yoshlarni Jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etishda shu kabi sport tadbirlarini ko’paytirish zarurligi, qolaversa tumanda faoliyat olib borayotgan barcha turdagi mehnat jamoalariga hamda har bir oilalarga sog’lom turmush tarzini kiritish orqaligina bugungi pandemiya davrida aholi salomatligiga erishish mumkinligini ta'kidlab o’tdi. 

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.