Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2020-11-06 19:26:03    155

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov tomonidan aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda hal etish maqsadida Nurafshon mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi sayyor qabul o’tkazildi. Qabulda 11 nafar fuqarolar o’z murojaatlari bilan ishtirok etishdi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli tashilot va korxona rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tuman hokimi xalq ta'limi bo’limiga qarashli 20-umumta'lim maktabini matematika faniga ixtisoslashtirish va kuz-qishga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Qolaversa, 8-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida kuz-qishga tayyorgarlik bo’yicha olib borilayotgan ishlar o’rganildi. Tashkilotda kuz-qish mavsumi uchun belgilangan ko’mir hamda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.

Tuman hokimi mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi savdo do’konlarida bo’lib, aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligi hamda narx-navolarni asossiz oshirish holatlariga yo’l qo’ymaslik yuzasidan ko’rsatmalar berdi.

Ushbu hududda faoliyat ko’rsatib kelayotgan "Uniform plus" mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan kiyim bosh mahsulotlari sifatini oshirish hamda faoliyatini kengaytirish, yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflarini bildirdi.

Fermer xo’jaliklari rahbarlari bilan joylarda yig’ilishlar o’tkazilib, 2021 yil hosili uchun rejalashtirilgan boshoqli don ekish va shudgorlash ishlarini jadallashtirish hamda paxta topshirish rejasini bajarmagan fermer xo’jaliklari tomonidan tez kunlarda belgilangan rejani bajarish yuzasidan, tuman hokimi tomonidan tegishli topshiriqlar berildi.

  Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.