Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IS GAZIDAN EHTIYOT BO’LING!

×

 2020-11-04 16:26:20    144

PDF yuklash
Chop etish


Xar yili ob-havo sovushi bilan isitish pechlaridan noto’g’ri foydalanish va loqaydlik sabab aholi xonadonlarida is gazidan zaharlanish va boshqa yong’in bilan bog’liq ko’ngilsiz xolatlar ko’payadi. Achinarlisi, buning oqibatida insonlar qurbon bo’ladi.

Is gazi nima, undan qanday saqlanish mumkin, kuz-qish mavsumida xonadonlarda qanday ehtiyot choralari ko’rilishi kerak.

QO’SHTEPA TUMANI FAVQULODDA VAZIYATLAR BO’LIMI OGOHLANTIRADI

Is gazi - yonuvchi modda va materiallarning (gaz, yog’och, ko’mir kabilar) chala yonishi natijasida hosil bo’ladigan rangsiz va xidsiz gaz hamda zaharli modda hisoblanadi.

  Is gazining ajralishi nostandart va nosoz gaz asboblaridan hamda isitish pechlaridan foydalanish, talabga javob bermaydigan dudbo’ronlarni o’rnatish yoki ularni noto’g’ri o’rnatish, mavjudlarini o’z vaqtida tozalamaslik, gazning yetarli miqdorda havo bilan aralashmasligi kabilar tufayli sodir bo’ladi.

  Is gazi vujudga kelishi sabablariga yo’l qo’ymaslik va undan zaharlanmaslik uchun bir qator ehtiyot choralarini ko’rish tavsiya etiladi:

  Gaz va muqobil yoqilg’i (ko’mir, o’tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya etish;

  Nostandart (qo’lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo’lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanmaslik;

  Isitish pechlarining dudbo’ronlarini toza va soz xolatda bo’lishini ta'minlash;

  Gaz yoki boshqa muqobil yoqilg’iga moslashtirilgan isitish pechlari hamda suyultirilgan uglevodorod gaz ballonlari (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirmaslik;

  Oshxonada o’rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmaslik;

  Xavo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (ko’mir va o’tin cho’g’lari)dan foydalanmaslik;

  Xavoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni ochiq va ishchi xolatda bo’lishini ta'minlash;

  Xonadonlarga is gazini aniqlovchi qurilma o’rnatish tavsiya qilinadi. Zero, qurilmani sotib olish va o’rnatish xarajatlari oila a'zolari, ayniqsa yosh bolalarning xayotidan qimmatga tushmasligi aniq.

  Gaz ballonlarini isiqlik manbaiga yaqin joyda qoldirmaslik lozim. Agarda binoda gaz xidi sezilsa, oyna va eshiklarni zudlik bilan ochish, ko’chaga chiqish va 104 raqami orqali gaz xo’jaligi avariya - dispechorlik xizmati yoki 1050 raqami bo’yicha qutqaruv xizmatiga qo’ng’iroq qilish kerak. Bunday xolatlarda chiroq, olov yoqish, elektr uskunalarini ishga tushirish taqiqlanadi.

Qo’shtepa tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi.