Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarga MUNOSABAT

×

 2020-11-03 22:07:31    138

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 2 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Qo’shtepa tumanida yashovchi ismi-sharifi, xatto yashash manzili ham to’liq ko’rsatilmagan fuqarolarning “Boshpanamiz buzilsa qayerda jon saqlaymiz” nomli video murojaati tarqatildi.

Ushbu video murojaat Qo’shtepa tumanidagi tegishli idora xodimlari tomonidan o’rganildi.

Yurtboshimizga ushbu murojaatni yo’llagan fuqaro Matluba Po’latova bo’lib, uni Qo’shtepa tumani, Yangiariq mahalla fuqarolar yig’ini, Navro’z ko’chasida oila a'zolari bilan birga yashashi ma'lum bo’ldi.

Matluba Po’latovaning murojaatida ko’rsatilgan manzil esa, Yangiariq mahalla fuqarolar yig’inidagi Obod yurt ko’chasida joylashgan. Murojaat muallifi Obod yurt ko’chasidagi bog’dan foydalanish davomida, shu yerga o’zboshimchalik bilan 2 xonali turar joy qurib olgan. Xolbuki ushbu bog’ tuman hokimligining balansida bo’lgan. Shu sababli, fuqarolik ishlari bo’yicha Marg’ilon tumanlararo sudining 26.02.2020 yildagi hal qiluv qaroriga asosan, ushbu turar joy buzilib, bog’ maydoni tuman hokimligi balansiga qaytarilishi belgilangan. Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida, Qo’shtepa tumani Majburiy ijro byurosi tomonidan fuqaro Matluba Po’latovaga bir necha marotaba ogohlantirish berilgan.

Ushbu murojaat yuzasidan Matluba Po’latova bilan suhbatlashilganida, oila a'zolari bilan o’zlarining xovli uy-joylari mavjudligini va shu yerda yashashligini aytib, kelgusida farzandlari uchun uy-joy kerakligini, mana shu noqonuniy qurilgan uyga o’g’li va kelini chiqib yashamoqchi bo’layotganligini ma'lum qildi. Hamda ushbu murojaatni o’zini “advokati” deb bilayotgan O’g’ilchaxon Baxtixonovaning tashabbusi bilan yo’llaganini aytib o’tdi.

Shu o’rinda bir savol tug’iladi, O’g’ilchaxon Baxtixonova chindan ham Matluba Po’latova ta'kidlaganidek advokat bo’lsa, bu uyni noqonuniy qurilganidan xabardormi?

O’g’ilchaxon Baxtixonovani uy-joyi bor bir fuqaroni, go’yoki, bog’dagi shu uydan boshqa boshpanasi yo’qdek qilib ko’rsatib, muhtaram yurtboshimizga murojaat yo’llatishdan muddaosi nima?

Matluba Po’latovaga esa, bog’dagi 2 xonali turar joyni o’zboshimchalik bilan qurib olganini va qonunlar hamma uchun barobarligini yana bir bora eslatib o’tmoqchimiz.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.