Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarga MUNOSABAT

×

 2020-11-02 14:55:14    112

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 1 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Qo’shtepa tumani Mirishkor ko’chasini asfaltlash to’xtab qoldi. Mana, mutasaddilarning yodiga soldik. Endi ajab emas yo’l to’liq asfaltlansa...” degan mazmunda xabar tarqatildi.

Ushbu murojaat ismi-sharifi, xatto yashash manzili ham to’liq ko’rsatilmagan fuqaro tomonidan yozilgan bo’lsada, tegishli idora xodimlari ishtirokida o’rganildi.

Quvurboshi mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Mirishkor  ko’chasining 100 metr qismi, joriy yil sentyabr oyida mahalliy byudjet hisobidan asfaltlashtirilgan.

Hozirda ushbu ko’chaning yana 300 metr qismini asfaltlashtirish uchun iqtisod qilingan  mablag’lar hisobidan loyiha-smeta hujjatlari rasmiylashtirilmoqda.  2020 yil noyabr oyi ichida Mirishkor ko’chasining 300 metr qismida asfaltlashtirish ishlarini amalga oshirilishini murojaatchilarga ma'lum qilamiz.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.