Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANI: 4-SEKTOR XABARLARI QISQA SATRLARDA

×

 2020-10-24 11:10:26    176

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’ining 1-o’rinbosari, 4-sektor rahbari vazifasini bajaruvchi A.Xolboyev sektor hududidagi Solijonobod mahalla fuqarolar yig’inidagi “Qo’shtepa sara quyonlari” quyonchilik yo’nalishidagi kooperativida bo’lib, olib borilayotgan ish jarayonlari bilan tanishdi.

“Qo’shtepa sara quyonlari” kooperativiga 5.0 milliard so’mlik investitsiya kiritilgan bo’lib, tez kunlarda ishga tushirish buyicha ichki jihozlash ishlari yakunlanmoqda. Kelgusida mazkur joyda 100 ta ish o’rinlari yaratiladi va bir yilda 4.2 milliard so’mlik quyon yetishtiriladi.

A.Xolboyev Fayz mahalla fuqarolar yig’inidagi mavjud muammolarni ham o’rgandi. Xozirda ushbu hududda muammo bo’lib turgan ichimlik suvi tarmog’ini tortish bo’yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Dorixona shaxobchasida tibbiy niqob va dori-darmonlarning 3 oylik zaxirasi mavjudligi o’rganildi. Narx-navoni sun'iy oshirmaslik, xaridorlar bilan hisob-kitob qilish jarayonida ONKMdan majburiy foydalanish va xaridorlarga xarid cheklarini berib borish bo’yicha zarur topshiriqlar berildi.

A.Xolboyev Do’rmon mahalla fuqarolar yig’inida qurilayotgan 40 ta yangi namunali uy-joylarda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Quruvchilar bilan suhbatlashib, qurilish ishlari bo’yicha ularga o’zining takliflarini bildirdi.

Tumanda tashkil etilayotgan kutubxona faoliyati bilan tanishildi.

Tumanda EKO bozor tashkil etish masalasi bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Solijonobod mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi “Al-Axibbo” fermer xo’jaligi qoshida tashkil etilgan quyonchilik yo’nalishi hamda penoblok g’isht ishlab chiqarish joyi o’rganilib, huquqiy maslahatlar berildi.

Ushbu oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash hamda oziq-ovqat zaxirasini shakillantirish borasida muhim vazifalar ijrosini ta'minlash borasida issiqxonalarda yozgi mahsulotlarni qish mavsumida bozorlarga yetkazib berish borasida olib borilayotgan ishlar o’rganildi.

“Kamron poyabzal” xususiy korxonasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kelajakdagi istiqbolli rejalar bilan tanishildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.