Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“TADBIRKORLAR UYI” FAOLIYATINI BOSHLADI

×

 2020-10-17 23:37:54    148

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanida investitsiya va ish­bilarmonlik muhitini yaxshilash borasida amaliy chora-tadbirlar belgilanib, bir qator ijobiy na­tijalarga erishilmoqda. Kuni-kecha tadbirkorlar faoliyatini qo’llab-quvvatlash borasida yana bir xayrli ishga qo’l urildi. Viloyat hokimi­ning qaroriga asosan tumanimizda ham “Tadbirkorlar uyi” tashkil etildi.

Zamon talabi bilan barpo etilgan “Tadbir­korlar uyi”ning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda aks etadi. Aholini tadbirkorlik sohasidagi ilk ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha o’quv kurslarini tashkil etish, tadbir­korlarga chet el investitsiyalarini jalb etish borasidagi muammolarini hal qilishda va ishlab chiqarayotgan mahsulotini tashqi bozor­larga kirishiga ko’maklashish, investitsiyalarni jalb etish sohasidagi qonun hujjatlarini ta­komillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash, biznes forumlar, konferensiyalar, koopera­sion sanoat yarmarkalari hamda seminarlar o’tkazish, tumanda faoliyat olib borayotgan tad­birkorlik sub'yektlarini xorijiy davlatlarda o’tadigan ko’rgazma va yarmarkalarda ishtirokini ta'minlashga ko’maklashish, eksport va import shartnomalarini tuzish va ro’yxatga olish masa­lalari bo’yicha maslahat berish hamda mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan texnologik uskunalarni xarid qilish bo’yicha ma'lumot olishda ko’maklashish va boshqalardan iboratligi har bir tadbirkor o’z faoliyatini rivojlantirishda ushbu maskanning ko’magidan foydalanishini taqozo  etadi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.