Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOG’LOM HAYOT UCHUN 5 MING QADAM

×

 2020-10-17 19:26:55    130

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimligi hamda tuman Mahalla va oilani qo’llab quvvatlash bo’limi tashabbusi bilan “Qiyqi” mahalla fuqarolar yig’ini hududida nuroniylar, yoshlar hamda korxona va tashkilot xodimlari ishtirokida karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan xolda “5 ming qadam” shiori ostida piyoda yurish marafoni o’tkazildi.

Marafon oldidan keksalar va mahalla yoshlari o’rtasida davra suhbati olib borildi.

- Tongda piyoda sayr qilishda gap ko’p, lekin, ko’pchiligimiz bunga e'tibor bermaymiz - deydi, tadbirni kirish so’zi bilan ochgan Mahalla va oilani qo’llab quvvatlash bo’limi boshlig’ining o’rinbosari J.Karimov -Agar tongda yayov yurishni odat qilsangiz, toza havoda tanangiz yayrab, salomatligingiz mustahkamlanadi. Qarilik alomatlaridan biri muskullardagi yengil og’riqning chekinishiga ko’maklashadi. Shu bois biz nuroniylar uchun uyushtirilgan bu tashabbusni olqishlayman. Zero, bizning sog’lom va tetik bo’lishimiz joylardagi ijtimoiy muhit barqarorligida ham muhim o’ringa ega, degan fikrdaman.

Tadbirda ishtirok etgan Mahalla va oilani qo’llab quvvatlash vazirligi vakili R.To’rayev, viloyat Mahalla va oilani qo’llab quvvatlash boshqarmasi tashkiliy bo’lim boshlig’i  G’.Madraximov, bosh mutaxassis Yo.Tillaboyev, tuman hokimining o’rinbosari Mahalla va oilani qo’llab quvvatlash bo’limi boshlig’i Z.Kamilovlar ham tashkil etilgan ushbu marafon haqida o’zlarining iliq fikrlarini bildirdilar.

Shundan so’ng 100 nafardan ziyod sportsevar nuroniylar ishtirokidagi “5 ming qadam” marafoniga start berildi. Ushbu marafon kesa yoshli otaxonlar va yoshlar tomonidan ko’tarinki ruhda o’tkazildi.

Tadbir so’ngida marafonning faol ishtirokchilariga xomiylar tomonidan tayyorlangan  esdalik sovg’alari topshirildi. Shuningdek, “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Z.To’lqinova va “G’ishtmon” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi U.Ismoilovalarga nogironlik aravachasi berildi. 

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.