Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2020-10-16 15:22:24    112

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yil 14 oktyabr kuni “Farg’onaG‘Kun.uz” saytida Qo’shtepa tumani, Langar MFY Mardlik ko’chasi 14-xonadonda istiqomat qiluvchi A'zamjon Shermatovning “Tuman markaziga masjid qurib beringlar” nomli shikoyat xati chop etilgan edi.

Unda shunday deyiladi:

“Assalomu alaykum! Qo’shtepa tumani markazi atrofidagi 6 ta MFYda 30 000 atrofida aholi yashaydi.

 Ana shu fuqarolar uchun diniy erkinlik huquqlari poymol qilinyapti. Diniy ibodatni emin-erkin bajarishi uchun barchaga teng sharoitlar yaratilmagan.

Qaysidir mahallada yaqin masofada masjid bor, butun boshli tuman markazida esa yo’q.

Bu yoqda Prezident: “Odamlarni rozi qilaylik”, deb qayg’urib yotgan bo’lsa, rahbarlar qayoqqa qarashmoqda?

Tuman markazidan masjid qurish uchun joy ajratib berishlarini iltimos qilaman”.

A'zamjon Shermatovning murojaati tuman hokimligi tomonidan masalaga aloqador bo’lgan mutasaddilar ishtirokida o’rganildi.

O’rganish jarayonida avvalo, tuman markazi atrofidagi 6 ta mahalladan 3 tasi ya'ni, Yangiariq, Qo’rg’oncha, Fayz mahalla fuqarolar yig’ini aholisi hududidagi “Abdusamad oxun” jome masjidiga ibodatga borishi ma'lum bo’ldi. Qolgan Langar, Shodlik, Qorakaltak mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi aholi esa oraliq masofasi 3.5 km. bo’lgan “Do’rmon” jome masjidi hamda oralig’i 5 km.ga yaqin bo’lgan Katta Beshkapa mahallasidagi “Muborak” jome masjidiga boradi.

Shikoyatda ta'kidlanganidek, 6 ta mahalla fuqarolar yig’inida 30 mingdan ziyod emas, hozirda 11 mingdan ziyod  aholi istiqomat qilib, shundan 5 mingdan ziyodini erkaklar tashkil etadi. Qolaversa, ayni vaqtda Qo’shtepa tumanida 15 ta rasmiy masjid faoliyat olib bormoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “2018 - 2022 yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta'minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3502-sonli qaroriga asosan Qo’shtepa tumani markazining Bosh rejasi “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ tomonidan 2018 yilda ishlab chiqilib, unda tuman markaziga masjid qurish belgilab qo’yilgan.

Shu o’rinda, quyidagilarga e'tibor berilsa maqsadga muvofiq bo’lardi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kim uyida tahorat qilib, Allohning uylari (masjidlar)dan biriga Allohning farzlaridan birini ado etish uchun yurib borsa, uning ikki qadamidan biri ila xatosi o’chadi, boshqasi bilan darajasi ko’tariladi” (Imom Muslim, Termiziy va Nasoiy rivoyat qilishgan).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Masjiddan qancha uzoq bo’lganning ajri shuncha ulug’ bo’lur”, dedilar (Imom Muslim va Abu Dovud rivoyat qilgan).

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.