Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2020-10-12 21:47:45    135

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yil 11 oktyabr kuni “Farg’ona | Kun.uz” saytida  “Qoniqarsiz” hudud bo’lgan Qo’shtepa tumani hokimiga murojaat” nomli tanqidiy maqola chop etilgan edi.

Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani Oqtepa Nayman 82-uyda istiqomat qiluvchi Fazliddin Ahmadjonov Kun.uz tahririyatiga Qo’shtepa tumani hokimligiga bog’dorchilik uchun yer maydoni so’rab murojaat qilganligini aytib, ushbu masalada tahririyatidan yordam so’ragan.

Fazliddin Ahmadjonovning ushbu murojaati o’rganilib, arizachiga tuman hokimligi tomonidan javob xati yuborildi. 

Fazliddin Ahmadjonovning “Bog’dorchilik yo’nalishida fermer xo’jaligi tashkil etish uchun yer ajratib berish haqida”gi murojaatiga asosan yana shuni ma'lum qilamizki, Qo’shtepa tumanining “Baxt-Paxtakor-Garmdon” MMTP hududida 151 gektar maydonda yangi intensiv bog’ tashkil etilib, ushbu bog’ maydonlari 7 yilga imtiyozli kreditga, 25 foiz boshlang’ich to’lovini amalga oshirgan fuqarolarga belgilangan tartibda ajratib berilmoqda.

Shuningdek, “Solijonobod Mahmud” va “Aligavxarov Langar” MMTP hududida ham 349 gektar maydonda intensiv bog’ hamda “Boboqum” massivida             500 gektar yer maydonlarida sabzavot-polizchilik yo’nalishida fermer xo’jaligi tashkil etish uchun tumanimiz fuqarolariga yer maydonlari ajratib berilmoqda.

Fazliddin Ahmadjonov ham o’ziga ma'qul bo’lgan hududlarda fermer xo’jaligi tashkil etish istagida bo’lsa, tuman komissiyasiga tegishli xujjatlarni taqdim etishi mumkin.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.