Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPALIK FAOL TADBIRKOR VA NAMUNALI SOLIQ TO’LOVCHILAR

×

 2020-10-10 22:40:13    158

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda izlanganga imkoniyatlar keng. Ayniqsa, tadbirkorlikka yeng shimarganlar uchun nafaqat imkoniyat, balki imtiyozlar ham bisyor. Qo’shtepa tumanida ham ishbilarmonligi ortidan aholining bandligini ta'minlab, mamlakatimiz iqtisodiyotiga munosib hissa qo’shayotgan tadbirkorlar ko’pchilikni tashkil etadi. Tumanimizdagi mana shunday tadbirkorlardan ayrimlari viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan 2020 yilning “Namunali soliq to’lovchi”si deb topildi.

Qo’shtepa tuman Davlat soliq inspeksiyasining birinchi o’rinbosari A.Xolboyev viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan 2020 yilning “Namunali soliq to’lovchi”si deb topilgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularni ushbu muvaffaqiyat bilan tabrikladi va ish jarayonlari bilan tanishdi.

Qo’shtepa tumanida soliq va boshqa majburiy tushumlar bo’yicha 2020 yil 9 oylik belgilangan prognoz ko’rsatkich 103 foizga bajarildi. Albatta bunda qo’shtepalik faol tadbirkor va namunali soliq to’lovchilarning xissalari kattadir.

Mana shunday “Namunali soliq to’lovchi”lardan biri “Avtogaz servis” xususiy korxonasining ta'sischi M.Kamolovdir. “Avtogaz servis” xususiy korxonasi tumanimizning Sarmazor mahalla fuqarolar yig’ini hududida 1995 yildan buyon avtomobillarga siqilgan gaz quyish faoliyati bilan shug’ullanib keladi. Xozirda mazkur korxonada 60 dan ortiq ishchilar ish bilan ta'minlangan. Shu bilan birga tuman byudjetiga xar yili 1,5 mlrd. so’mdan ziyod soliq to’lovlari amalga oshirib kelinmoqda.

  Yana bir “Namunali soliq to’lovchi”larimizdan biri I.Abdujalilovdir. "Sharq ravon" MCHJ rahbari I.Abdujalilov Qo’shtepa tumanida halqimiz uchun payavzal kiyimlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yib, 20 ortiq fuqorolarimizning bandligini ta'minlagan.

Muxtasar qilib aytganda, insofli va namunali soliq to’lovchilarning ko’payishi aholining farovon turmushini ta'minlash, barqaror iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishishga zamin yaratadi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.