Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOKIM NAZORATIDA

×

 2020-10-10 15:58:06    169

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov va tuman IIB boshlig’i S.Abdullayevlar kuz-qishga tayyorgarlik jarayonlarini o’rganish maqsadida tumandagi bir qator muassasalarda bo’ldi. Eng avvalo, 11-umumta'lim maktabida o’quv jarayonlari bilan tanishdi va maktabda kuz-qishga tayyorgarlik ishlarini o’rgandi.

Tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 11-umumta'lim maktabida kuz-qishga tayyorgarlik jarayonlari tuman hokimi tomonidan o’rganilganida, isitish tizimida muammolar aniqlanmadi.

Ushbu maktab axborot kommunikatsiyalariga ixtisoslashtirilgan bo’lib, qisqa muddat ichida yuqori tezlikdagi internet tarmog’iga ulash yuzasidan tuman hokimi mas'ul tashkilotlarga tegishli ko’rsatmalar berdi.

Tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 33-umumta'lim maktabida kuz-qishga tayyorgarlik bo’yicha o’tkazilgan monitoringda ham isitish tizimida muammolar aniqlanmadi.

Tuman hokimi Maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 6 va 36-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lib, kuz-qishga tayyorgarlik bo’yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishganida, isitish tizimida muammolar aniqlanmadi. Ushbu tashkilotlarda kuz-qish uchun ko’mir mahsulotlari zaxira qilingan bo’lib, rejada belgilangan ko’mir mahsulotlarini joriy yilning

15 oktyabr kuniga qadar to’liq zaxira qilinishini ta'minlash bo’yicha belgilangan tartibda choralar ko’rildi. Oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini tashkillash yuzasidan ham tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tuman hokimi I.Novikov va tuman IIB boshlig’i S.Abdullayevlar tuman markaziy shifoxonasida aholiga yaratilgan shart-sharoitlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdilar.

Ushbu shifoxonaning isitish tizimi tabiiy gaz bilan istilmoqda va isitish tizimida muammolar mavjud emasligi aniqlandi.

Hozirgi pandemiya davrida aholiga sifatli va arzon dori-darmon vositalarini yetkazib berish hamda narx-navolarni asossiz oshib ketmasligi dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi. Tuman hokimi hududdagi dorixonalarda bo’lib, dori-darmon vositalarining mavjudligi va narx-navolarni o’rgandi. Dori-darmon narxlarini asossiz oshirib yubormaslik yuzasidan mas'ul rahbarlar hamda sotuvchilarga tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.